Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘z yo‘nalishidan chiqib ketayotgan «Lokomotiv»

O‘z yo‘nalishidan chiqib ketayotgan «Lokomotiv»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning amaldagi chempionlari bu mavsumni anchagina bo‘sh boshlashdi. Buni ko‘plab muxlislar asosiy tarkib futbolchilarinng boshqa klubga o‘tib ketgani bilan bog‘lagan bo‘lsa, ba’zilar rotasiyaning yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Qisqasi, bugun amaldagi chempion klubimiz haqida…

Asosiy tarkib uchun raqobat yo‘q

Sardor Mirzayev, Xusniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Alisher Shog‘ulomov,Diyor Turopov, Shuhrat Muhammadiyev… Bu futbolchilar mana bir necha yillardan beri «Temir yo‘lchilar» sharafini himoya qilib kelmoqda… Ularning aksariyati terma jamoa darajasiga chiqa olmagan bo‘lsada, moliyaviy baquvvat klubdan yaxshigina maosh olishadi. Avvalambor, omadlarini bersin, ammo bu ularning ziyoniga ishlamoqda. Bu futbolchilarda motivasiya qolmagandek go‘yo?! Yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilarning oxirgi marotaba qachon ko‘zi yonib maydonda to‘p surganini to‘g‘risi, hozir eslay olmayman.


Achinarlisi shundaki, o‘z vaqtida butun O‘zbekistonning umidiga aylangan yigitlar hozirda o‘zlarining soyalarida qolib ketishmoqda… Klub rotasiyaga e’tiborni kamroq qaratgani uchun so‘nggi 5 mavsumda jamoa birorta yosh futbolchini kashf eta olmadi. Bu yukni  «Nasaf» va «Bunyodkor» allaqachon o‘z bo‘yniga olib bo‘lgani yetmagandek, yoshlarga tayangan klublar kichik byudjet bilan ham istalgan raqibni yenga oladigan jangovar jamoaga aylangan bir paytda, «Lokomotiv»dek qudratli klub o‘zbek futboli rivoji uchun birorta yangi nomni kashf etmagani kishini o‘ylantirib qo‘yadi… Rotasiyaga urg‘u bermagan jamoada to‘p surgan futbolchilar asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotib qo‘yishdan sira cho‘chimay maydonda to‘p surgani sabablimi, yoki boshqa faktorlar evaziga xalqaro arenalarda g‘alaba qozonishi shart bo‘lgan uchrashuvlarda ochko yo‘qotayotgan «Lokomotiv»ning o‘yinlarida o‘sish kuzatilmayapti... Ming afsuski, «Temir yo‘lchilar»ning OCHL dagi omadsiz yurishlari evaziga kvotalarimiz qisqarib bormoqda. Ichki chempionatimizda OCHL da ishtirok etuvchi klublar sonini oshirib olishni uddasidan chiqa olsak, bu terma jamoamiz uchun ham, «Super Liga» uchun ham foydadan xoli bo‘lmas edi.

Ketganlar kelganlardan ancha kuchliroq edi

Mavsum boshida «Lokomotiv» jamoasini yelkasida ko‘tarib yurgan Bikmayev, Aliboyev, Abdullayev, Nesterov singari futbolchilarni jamoada olib qolmagani yetmagandek, ularning o‘rnini bosa oladigan futbolchilarni harid qila olmadi.  Jamoaga hozir Aliboyev singari kreativ futbolchi yetishmayotgan bo‘lsa, Bikmayevning o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan futbolchi zahirada qolib ketyapti. Afsuski, «Lokomotiv» bu mavsum chempionlik uchun kurashda «Paxtakor»ga hozirgi tarkibi bilan yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmasligi aniq bo‘lib bormoqda. Bu esa, o‘z-o‘zidan «Super Liga»dagi intriganing yo‘qolishiga sabab bo‘lsa, ajab emas…

Sifatsiz legionerlar

Legioner futbolchilar mahalliy futbolchilarga  nisbatan bir bosh baland bo‘lishi shart, aks xolda, ularni jamoaga taklif etishdan ma’ni yoq.
Bu mavsumda OCHL havosidan nafas olmagan, tajribasiz Jokich, Amanov, Rayevatslarning harid qilinishi «Loko»ning o‘yinini kuchaytirmasligi kundek ravshan edi. O‘zbekiston chempioni sifatida klublar o‘rtasidagi qit’amizdagi eng nufuzli turnirda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan jamoa uchun bu trasnferlar nima uchun kerak bo‘ldi ekan?! To‘g‘risi, tushunish qiyin.

O‘yindagi kamchiliklar

Jamoa asosiy e’tiborni qanotlarga qaratmoqda va hujumlarning deyarli 80% qanotlardan vujudga kelmoqda. Bu yaxshi, ammo raqib bu uslubni tezda o‘qib olib qarshi choralar koradigan bo‘lsa, «Lokomotiv»da «B» reja yo‘q ekanligi pand berib qo‘ymoqda. Bundan avvalgi mavsumda Ikrom Aliboyev qanotlarni raqiblar berkitgan paytida markazdan ajoyib hujumlar boshlab turar va bu urunish ko‘p xollarda gol bilan yakunlar edi. Xozirda, markazda o‘ynayotgan futbolchlarda ijodkorlik yetishmayapti. Jamoaning markazdan uyushtiriladigan hujumlariga javob berishi kutilalayotgan Iskenderov esa hali to‘liq sport formasini tiklab olganicha yo‘q. Shunday ekan, afsuski, «Lokomotiv» «B» rejasidan foydalanishni istagan taqdirda ham ijrochilar yo‘qligi pand bermoqda.

Xulosa

Umumiy qilib aytganda, jamoada kechiktirmasdan qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yig‘ilib qolgan.Mavsum oralig‘ida jamoa yangi futbolchilar bilan tarkibini kuchaytirib olishi shart. Aks xolda, OCHL da ham «Super Liga»da ham ijobiy natija ko‘rsatishdan umid qilmasa ham bo‘ladi. «Lokomotiv» o‘yinni o‘z qo‘liga ola biladigan futbolchilarga muhtoj. «Temir yo‘lchilar»ning OCHLda joylashgan guruhi «Paxtakor»nikidan biroz kuchsizroq deyish noto‘g‘ridek, ammo «Loko» anchadan beri bu qadar qulay guruhga tushmagan edi. Afsuski, «Al Ittihod»ga qarshi bo‘m-bo‘sh stadionda kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyat imkoniyatlarni biroz pasaytirib yubordi. Endi qolgan o‘yinlarning har biri finalga teng bo‘ladi. Shunday ekan, buyog‘iga «Lokomotiv» ortida turgan o‘zbek xalqi va futbolimiz sha’ni uchun ham ikki hissa mas’uliyat bilan maydonga tushmog‘i darkor. Oldinda butun boshli ichki chempionat va OCHLning ikkinchi davrasi bor. Yo‘qotilgan ochkolarni jamg‘arish va kurashga qaytishning ayni payti.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:23, 11.04.2019.
O'qildi: 6228 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.