Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yozda amalga oshishi kutilayotgan "bomba" transferalar

Yozda amalga oshishi kutilayotgan "bomba" transferalar

Baho:
+ | -

Yevropaning grand klublari yozgi transfer oynasi ochilishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Bugun amalga oshish ehtimoli yuqori bo‘lgan transferlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Saul Nigez

«Atletiko Madrid» klubining 24 yoshli futbolchisi Ispaniya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri sanaladi. Klubida esa, so‘zsiz, yetakchilardan biri. Ko‘plab top klublar uni anchadan beri kuzatib yurgani hech kimga sir emas. «Matraschilar» uchun almashtirib bo‘lmas o‘yinchi yo‘q ekanligini hisobga olsak, yozda futbolchi yuqoriroq darajadagi klubga o‘tishga qarshi emas. Unga hozirda Manchester shahrining ikki jamoasi va «Barselona» asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Futbolchining o‘zi esa, katta sovrinlarni qo‘lga kiritishni istayotganini o‘z intervyularida yashirib o‘tirmayapti.

Matteys De Ligt

 

«Golden Boy» sovrini egasi sanaladigan himoyachi bu mavsumda «Ayaks» safida ajoyib uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, sovuqqon futbol namoyish qilayotgan Vunderkindning haridorlari talaygina. Jismonan baquvvat va yosh himoyachini kim ham o‘z tarkibida ko‘rishni istamaydi deysiz? Klub futbolchi bilan bog‘liq har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini e’lon qilgan. Futbolchi uchun Yevropaning bir nechta grand klublari kurashib ko‘rishadi, ammo asosiy da’vogar «Barselona» va «Yuventus» jamoalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Sababi, ikkala klubda ham markaziy himoyada ancha yoshi katta futbolchilar harakat qilishmoqda. O‘z-o‘zidan yosh iqtidorli futbolchilarga muxtojlik sezayotgan klub bunday futbolchini qo‘ldan chiqarib yubormaslik uchun kurashib ko‘rishi aniq.

Felipe Koutinyo

Ispaniyaga katta umidlar bilan tashrif buyurgan Braziliyalik futbolchi klubga moslasha olmadi. Uning transferidan quvongan muxlislarning ishonchini to‘liq oqlay olmagan Koutino hozirda biroz ruhiy tushkun kayfiyatda. «Barselona» rahbariyati uning transfer narhi tushib ketmasidan oldin sotib yuborish maqsadida. Ayni damda futbolchi bilan «Manchester  Yunayted» jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchi  muxlislar va jurnalistlar tomonidan bo‘layotgan  bosimga ortiq dosh bera olmasligi kundan-kunga aniqlashib bormoqda.

Pol Pogba

«Manchester Yunayted» futbolchisi bir necha kundan beri ko‘plab Yevropa nashrlarining e’tibor markazida turibdi. Sababi, «Real Madrid» futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Pogba o‘z klubida baxtiyor ,ammo «Real Madrid»ning takifini hech kim o‘ylab o‘tirmay rad eta olmasligi aniq. Boz ustiga, shaxsan Zidanning  o‘zi uni  jamoasida ko‘rmoqchi ekanligi futbolchini yanada ilhomlantirmoqda. Pogba katta ehtimol bilan  «Real Madrid»ning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shgan Modrichning o‘rniga harid qilinadi.
Bundan avvalgi maqolalarda Varan, Ikardi, Kante va boshqa futbolchilar haqida ma’lumot berganimiz uchun bu futbolchilarga to‘xtalib o‘tirmadik.

Я.У

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:59, 13.04.2019.
O'qildi: 24404 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.