Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

«PSJ» chempionlikni rasmiylashtiradigan o‘yinda yirik hisobda yutqazdi (video)

«PSJ» chempionlikni rasmiylashtiradigan o‘yinda yirik hisobda yutqazdi (video)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 32-turi doirasida jadvalda peshqadamlik qilayotgan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishdi. "Lill" o‘z maydonida "PSJ"ni qabul qildi.

Parijliklar mazkur o‘yinda durang natija qayd etsalar ham, chempionat tugashiga 6ta tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirgan bo‘lardilar. Shu bois bo‘lsa kerak, Tomas Tuxel maydonga asosiy tarkibni tushirdi.

Bahsning 7-daqiqasida Menyo o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yib, "Lill"ning oldinga o‘tib olishini ta’minladi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Bernat hisobni tenglashtirdi. Keyin esa "PSJ" uchun omadsizliklar boshlandi. Dastlab jamoa sardori Tiago Silva, oradan ko‘p o‘tmasdan Tomas Menyo jarohat olib maydonni tark etishdi. Bahsning 36-daqiqasida esa Bernat yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan Nikolya Peleni so‘nggi umid kushandasi sifatida yiqitdi. Shuning uchun u maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limda esa "Lill" raqib darvozasini bir emas, ikki emas, naq 4 marta ishg‘ol qilib, hisobni 5:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "PSJ" chempionlik masalasini keyingi o‘yinga qoldirdi. Jamoa 17 aprel kunri 28-turning qoldirilgan bahsi doirasida "Nant" mehmoni bo‘ladi.

Fransiya chempionati, 32-tur
Lill – PSJ 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7, avtogol MenYE, 1:1 – 11 Bernat, 2:1 – 51 Pepe, 3:1 – 65 Bamba, 4:1 – 71 Gabriel, 5:1 – 84 Fonte.
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Sumaoro (Gabriel, 45), Kone, Tiago Mendes, Sheka (Sumare, 69), Pepe, Ikone (Ruy Fonte, 66), Bamba, Remi.
PSJ – Areolya, Dagba, Tiago Silva (Kerer, 16), Kimpembe, Menye (Diabi, 24), Paredes, Verratti, Bernat, Dani Alves, Draksler (Kurzava, 85), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Tiago Mendes (45), Mbappe (45), Draksler (77), Verratti (81).
Chetlatish: Bernat (36).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:09, 15.04.2019.
O'qildi: 6878 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик