Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Legionerlar: Shomurodov jamoasiga g‘alaba keltirdi, Rashidov Kaka o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi

Legionerlar: Shomurodov jamoasiga g‘alaba keltirdi, Rashidov Kaka o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi

Baho:
+ | -
Dam olish kunlari legionerlarimiz o‘z klublari tarkibida o‘yinlar o‘tkazib, turli natijalar qayd etishdi.   Eldor Shomurodov Milliy terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov uchun navbatdagi tur omadli keldi. U Rossiya chempionati 23-turida "Rostov" tarkibida "Spartak" Moskva jamoasiga qarshi o‘yinda hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, gol kiritdi. Uning goli yakunda "Rostov"ga g‘alaba keltirdi - 2:1. Ushbu g‘alabadan keyin "Rostov"ning ochkolari soni 35taga yetdi. Ular musobaqa jadvalida 6-pog‘onada borishmoqda.   Sardor Rashidov Terma jamoamiz a’zosi Sardor Rashidov to‘p surayotgan Portugaliyaning "Nasyonal" jamoasi mamlakat chempionatida u qadar muvaffaqiyatli qatnasha olmayapti. 29-turda "Nasyonal" "Boavishta"ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazdi va kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.Hamyurtimiz mazkur o‘yinning 75-daqiqasida braziliyalik Kaka o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi (Aytish kerakki, bu o‘sha mashhur Kaka emas, balki boshqa yosh futbolchi). Hozirda "Nasyonal" musobaqa jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.   Vitaliy Denisov Vitaliy Denisov Rossiya chempionati 23-turida "Krilya Sovetov" klubi tarkibida "Rubin"ga qarshi 90-daqiqa to‘p surdi. O‘yin "Krilya Sovetov" jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g‘alabadan keyin Denisov jamoasi 27 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.   Doston Tursunov "Jey-liga 2" chempionatida to‘p surayotgan Doston Tursunov 9-turda "Renofa Yamaguchi" safida "Kagoshima Yunayted" jamoasiga qarshi to‘liq 90-daqiqa harakat qildi. O‘yin 1:0 hisobida "Renofa" g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g‘alabadan keyin Tursunov jamoasi 8 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.    Rustam Ashurmatov Rustam Ashurmatov "Key liga-2" chempionati 6-turida "Gvangju" - "Dayejon" uchrashuvida to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.  Ayni paytda "Gvangju" jamoasi musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.   Odil Ahmedov Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov to‘p surayotgan "Shanxay SIPG" jamoasi Xitoy chempionati 5-turida "Uxan" klubiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.  Odil Ahmedov mazkur o‘yinda maydonga tushmadi. "Shanxay" klubi ayni paytda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.    Fozil Musayev Fozil Musayev to‘p surayotgan "Jubilo Ivata" jamoasi "Jey liga" 7-turida "Shimisu" klubiga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Musayev bu o‘yinda qatnashmadi. "Jubilo Ivata" musobaqa jadvalining 14-pog‘onasida boryapti.   Ikrom Aliboyev "Key liga-1" chempionati 7-turida terma jamoamiz a’zosi Ikrom Aliboyev to‘p surayotgan "Seul" jamoasi "Gangvon" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikrom Aliboyev mazkur o‘yinda maydonga tushmadi. Hozirda "Seul" musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 11:05, 15.04.2019.
O'qildi: 7004 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.