Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

YECHL. Bunaqasi bo‘lmagan! Superfantastik o‘yinda «Tottenxem» yarim finalga yo‘l oldi

YECHL. Bunaqasi bo‘lmagan! Superfantastik o‘yinda «Tottenxem» yarim finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -1

Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasidagi bugungi o‘yin dahshatli kechdi. Muxlislar gollarga boy, ssenariysi tushunarsiz, dramatizm ostiga kechgan o‘yin guvohiga aylanishdi. Safarda urilgan gol qoidasi tufayli "Tottenxem" "Manchester Siti"ni ortda qoldirib, yarim finalga yo‘l oldi.

Tezkor gol
"Manchester Siti"ning o‘yinning 4-daqiqasidayoq gol urib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirib qo‘ydi. Gol muallifi — Rahim Sterling.

Koreyscha zarbalar
Qandaydir 6 daqiqa ichida "Tottenxem" ikkita gol urib, hisobni 1:2 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Son Xeung Min tomonidan yo‘llangan zarbalarni Ederson qaytara olmadi. Umumiy hisob 1:3ga yetdi va "Siti" keyingi bosqichga chiqishi uchun endi 3ta gol urishi kerak edi.

"Siti" o‘sha 3ta golni urdi
"Shaharliklar" hisobni tenglashtirishi uchun 1 daqiqa kerak bo‘ldi, xolos. 21-daqiqaga kelib esa Sterling hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.  Ikkinchi bo‘limda mezbonlar bosimni oshirishdi va bahsning 59-daqiqasida Aguero kuchli zarba bilan hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi. Bu hisob Gvardiola jamoasini qanoatlantirar edi. Ammo...

Standart va VAR...
Uchrashuvning 73-daqiqasida burchakdan yetkazilgan uzatmani Fernando Lyorente darvozaga joyladi — 4:3! Bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Siti" beshinchi golni urdi. O‘sha kombinasiya paytida hujumni rivojlantirgan Aguero to‘pni ofsaydda qabul qilgandi. Biroq ortga uzatmani "shporlar" yarim himoyachisi Eriksen bergandi. Ammo, lekin, biroq... Kristian ortga pas berayotgan paytda to‘p Gyundoganning oyog‘iga tekkandi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Chaqir VAR bilan maslahatlashib, golni bekor qildi. Bir necha soniya avval juda xursand bo‘layotgan "Manchester Siti" futbolchilarining "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi".

Shu tariqa, dramatik o‘yinda omad "Tottenxem" tomonida bo‘ldi. Jamoa yarim finalda "Ayaks"ga qarshi bahs olib boradi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, javob o‘yinlari
Manchester Siti Angliya – Tottenxem Angliya 4:3 (3:2)
Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 1:1 – 7 Son Xeung Min, 1:2 – 10 Son Xeung Min, 2:2 – 11 Bernardu Silva, 3:2 – 21 Sterling, 4:2 – 59 Aguero, 4:3 – 73 Lyorente.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Mendi (Sane, 84), Uoker, Laport, Silva (Fernandinyo, 63), Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Aguero.
Tottenxem – Lyoris, Alderveyreld, Rouz (Sanches, 90), Trippyer, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Lukas Moura (Devis, 82), Sissoko (Lyorente, 41), Alli, Son Xeung Min.
Ogohlantirishlar: Sissoko (41), Son Xeung Min (48), Rouz (54), Vanyama (77).
Birinchi o‘yin – 0:1

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:07, 18.04.2019.
O'qildi: 14166 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик