Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo

Klublarimiz uchun jiddiy sinov yaqinlashmoqda

Klublarimiz uchun jiddiy sinov yaqinlashmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Osiyo chempionlar ligasi doirasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki klubimiz 22-aprel sanasida 4-tur doirasida maydonga tushishadi. Bugun shu haqida qisqacha

«Paxtakor»

Arveladze shogirdlari Toshkentda «As Saad» bilan durang qayd etganiga qaramasdan, guruhda peshqadamlik qilib kelmoqda. «Sherlar» ikkinchi davraning ikkita uchrashuvini mehmonda o‘tkazishlariga to‘gri kelishini hisobga olsak, ular navbatdagi turda mag‘lubiyatga uchramasliklari shart. To‘g‘ri, raqib kuchli, ammo «sherlar» guruhdan chiqishni istashsa, Qatar chempionidan ochko tortib olishlari talab etiladi. Agarda «Paxtakor» g‘alaba bilan qaytadigan bo‘lsa, guruhda birinchi o‘rin uchun anchagina jiddiy qadam tashlagan bo‘ladi. Jamoani 22-aprelda safar uchrashuvi kutib turgan bo‘lsa, 6-may sanasida Toshkentda Eronning «Persapolis» klubini mehmon qiladi. Guruhdagi so‘nggi turni mehmondagi uchrashuv bilan yakunlaydigan «Paxtakor»ning raqibi «Al Ahli» klubi bo‘ladi. Guruhda anchagina jiddiy klublar yig‘ilganini inobatga olsak, guruhdan chiqish uchun kurash so‘nggi turgacha davom etadigandek ko‘rinmoqda.

«Lokomotiv»

«Temir yo‘lchilar» 22-aprel sanasida o‘z uyida «Al Ittihad» klubini qabul qiladi. O”zbekiston chempionining ishlari maqtagulik ahvolda emas. Ular 3 ochko bilan guruhda so‘nggi pog‘onada borishmoqda. Jamoa «Al Ittihad» bilan bo‘lgan uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi. O‘zi shundoq ham bu mavsumda oldingisiga nisbatan ancha sust ishtirok etayotgan «Loko»da muammolar yetarlicha. «Loko» ikkinchi davraning ikkita uchrashuvini o‘z uyida o‘tkazishi imkoniyatlarimizni biroz oshirishi mumkin. Buyo‘g‘iga «Lokomotiv» uchun ortga yo‘l yo‘q. 6-may sanasida «Al Vahda» klubi mehmoni bo‘ladigan «temir yo‘lchilar» 21-may kuni o‘z uyida «Al Rayyan» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Klublarimizga yaqinlashib kelayotgan o‘ta muhim uchrashuvlarda omad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:38, 18.04.2019.
O'qildi: 4362 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик