Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

O‘zbekiston kubogi 1/32 final bosqichi uchrashuvlari o‘tadigan sanalar

O‘zbekiston kubogi 1/32 final bosqichi uchrashuvlari o‘tadigan sanalar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, kecha O‘zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

1/32 final uchrashuvlari taqvimda 30 aprel hamda 1 may kunlari o‘tkazilishi avvaldan belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston kubogi 1/32 final

30 aprel

Turon – Rash Milk

Zirabuloq – Yangiyer

1 may

Zarangari – Orol

Rubin – Ittifoq N / Ittifoq B

Yashnobod / Chig‘atoy – G‘ijduvon

Lokomotiv-BFK – Zomin

Barcha o‘yinlar soat 16:30da start olishi ko‘zda tutilgan. 

Bugun O‘zbekiston kubogi uchun saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.  Sharqiy mintaqadan saralashda “Chig‘atoy” hamda “Yashnobod” klublari o‘zaro o‘yin bilan ishtirok etadi.  G‘arbiy mintaqada esa Navoiy hamda Buxoroning “Ittifoq” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.  Mazkur uchrashuvlar g‘oliblari 1/32 finalda to‘p surish huquqini qo‘lga kiritadi.

Qur’a jarayonida jami 12 ta klub olti juftlikka ajratildi. Bosqich g‘oliblari 1/16 final chiptasini qo‘lga kiritadi.

1/16 finaldan boshlab musobaqaga Superliganing 10 hamda A Pro-liganing 8 jamoasi qo‘shiladi.  1/8 finaldan boshlab esa “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Navbahor” va AGMK jamoalari turnirdagi ishtirokini boshlaydi.  

Qayd etish joiz, 2019 yildan boshlab CocaCola homiyligida o‘tadigan mazkur turnirda har bir bosqich faqatgina 1 ta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. G‘olib asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda aniqlanmasa, penaltilar seriyasi yordamga keladi.  Qur’a marosimlari Sport-TV orqali jonli namoyish etib boriladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:04, 19.04.2019.
O'qildi: 2702 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.