Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APL. «Manchester Siti» «Tottenxem»dan revansh oldi

APL. «Manchester Siti» «Tottenxem»dan revansh oldi

Baho:
+ | -

Oradan 3 kun o‘tib «Manchester Siti» va «Tottenxem» jamoalari bu safar Angliya premyer-ligasi doirasida to‘qnash kelishdi.

Har ikkala jamoa murabbiylari bu o‘yin uchun aralash tarkibni tushirishdi. Bahsning 5-daqiqasidayoq "shaharliklar"ning 18 yoshli hujumchisi Filip Foden hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. U Aguero tomonidan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaning bo‘sh qolgan qismiga joylab qo‘ydi.

Bu uchrashuv YECHLda bo‘lgani kabi xavfli vaziyatlarga boy bo‘lmadi. Ammo har ikkala jamoa golga tortadigan hujumlar tashkil qilishdi. O‘yinning 15-daqiqasida Eriksen yakkama-yakka vaziyatga chiqib, "Siti" posbonini dog‘da qoldira olmagan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib Lyaport Son Xeung Minga darvozani ishg‘ol qilishiga xalal berib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda esa eng xavfli vaziyat Sterlingda bo‘ldi. Bahsning 72-daqiqasida Leroy Sane chap qanotdan jarima maydonchasi kirib, shunday uzatma berdiki, to‘p darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan Rahimga kelib tushdi. Uning zarbasini darvozabon oyog‘i bilan qaytarib qoldi!

"Tottenxem" o‘yin so‘ngida hisobni tenglashtirish uchun bosim uyushtirdi, ammo "shaharliklar" yaxshi himoyalanib, g‘alabani ushlab qolishdi.

Shu tariqa, "Manchester Siti" YECHLdagi muvaffaqiyatsizlik uchun ushbu raqibdan qasos oldi. Gvardiola jamoasi o‘z ochkolarini 86taga yetkazib, jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Arsenal" esa ertaga "Xaddersfild"ni mag‘lub etsa, "shporlar"dan oldinga o‘tib ketishi mumkin.

APL, 35-tur
Manchester Siti – Tottenxem 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 5 Foden.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Laport, Uoker, Zinchenko, Gyundogan, de Bryuyne (Fernandinyo, 38), Bernardu Silva, Foden (Silva, 85), Sterling, Aguero (Sane, 66).
Tottenxem – Gassaniga, Devis, Vertongen, Alderveyreld (Lyorente, 78), Foyt, Lukas Moura, Dayer (Vanyama, 61), Eriksen, Alli (Rouz, 69), Sanches, Son Xin Min.
Ogohlantirishlar: Vanyama (86), Sterling (90), Vertongen (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:28, 20.04.2019.
O'qildi: 4370 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик