Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

OCHL. «Paxtakor» o‘yin so‘ngida mag‘lubiyatga uchradi

OCHL. «Paxtakor» o‘yin so‘ngida mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining "D" guruhida ishtirok etayotgan "Paxtakor" bugun Qatarning "As-Sadd" klubi mehmoni bo‘lib, alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi.

Xavi bu safar ham o‘z so‘zini aytdi. U bahsning 10-daqiqasida jarima zarbasini ajoyib tarzda golga aylantirdi. Quvvatov faqatgina tomoshabin vazifasini o‘tab berdi.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin paxtakorchilar tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirib, dohaliklar darvozasi tomon bosimni oshirishdi. Ularning sa’y-harakatlari 30-daqiqada o‘z samarasini berdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Krimes bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda ustunlik to‘laligicha "As-Sadd" tomonida bo‘lgan bo‘lsa, Arvaledze shogirdlari himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Ayniqsa, Xavi tomonidan yo‘llangan ikkita o‘ta xavfli zarbalarni darvozabonimiz bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yin durang sari yaqinlashayotgan edi. Ammo o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida himoyachi Sherzod A’zamov raqib futbolchilari qurshovida bo‘lishiga qaramay, ularni aldamoqchi bo‘ldi va to‘pni yo‘qotdi. Xavining pasidan keyin Bog‘dod Bunidja yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Paxtakor" ushbu mag‘lubiyatdan keyin jadvalda 3-o‘ringa tushib qoldi.
 
OCHL. "D" guruhi, 4-tur
"AS-SADD" - "PAXTAKOR" 2:1 (1:1)
Gollar: Xavi (9), Bog‘dod Bunidja (87) — Yegor Krimes (30)
Ogohlantirishlar: Gabi (40), Hamid Ismoil (58) — Dragan Cheran (20), Sanjar Quvvatov (32), Odil Hamrobekov (36), Doston Hamdamov (69), Yegor Krimes (89)
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes (S), Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Igor Sergeev 88), Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Doston Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev 84), Marat Bikmayev (Javohir Sidiqov 62)
"As-Sadd": Saad ash-SHiyb, Abdulkarim Hassan, Hamid Ismoil, Toriq Salman, Bualim Xuxiy, Salim al-Hajriy (Jun Vu Yong 79), Xavi (s), Gabi, Ali Asadilla (Yosir Iso 66), Hasan al-Haydos, Bag‘dod Bunayja
Bosh hakam: Jumpey Iida (Yaponiya)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:56, 22.04.2019.
O'qildi: 5683 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.