Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Marko Materassi: «Zidanga ta’zimdaman!»

Marko Materassi: «Zidanga ta’zimdaman!»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Ayni payt FIFA elchisi maqomida faoliyat yuritayotgan italiyalik futbol afsonasi bir necha soatga Sochida mehmon bo‘ldi. Championat.com sayti vakillari esa fursatdan foydalanib, Markoni suhbatga tortishdi.

- Yurtingiz, xususan, Sochidan yana bir marta hayratda qoldim, - dedi Materassi. - Bu yerda hamma narsa mujassam: Olimpiada, JCH va Formula-1 musobaqalari uchun bunyod etilgan ajoyib inshootlar...

- Imkoni bo‘lsa, Rossiyada uzoqroq qolishga rozi bo‘larmidingiz?

- Agar qaysidir jamoaga ustozlik qilish bo‘lsa, rad etmasdim. Ligangizga befarq emasman, u haqda muayyan tasavvurga egaman. Masalan, hozirda «Zenit» RPLning yetakchi jamoasi maqomida. «Spartak» ham men uchun qiziqarli klub. Uni italiyalik mutaxassis boshqargani sababli alohida e’tibor bilan kuzatganman. Muxlislar Karrerani uzoq vaqt unutmasliklariga shubha qilmayman. Murabbiy jamoani chempionlikka olib chiqib, Italiya murabbiylik maktabining yuksak salohiyatini isbotladi. Muxlislarga esa uzoq kutilgan oltin medallarni hadya etdi.

- Unda nima uchun Italiyada ish topa olmayapti?

- Italiya - boshqa masala. Mutlaqo boshqa masala. Lekin umid qilamanki, vaqti kelib Karrera ham «A» seriyada o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

- Spalletti ham Rossiyada ishlagan, biroq keyin yurtingizda nufuzli ish joyi va yuksak ishonchga sazovor bo‘ldi.

- Ha, to‘g‘ri. Hozir u «Inter»da. Lekin bu yog‘iga nima bo‘lishini ayta olmayman. Chunki jamoa hozir o‘zi uchun eng past natijani qayd etayotgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Ya’ni, YECHL hududidan joy olish qaysidir jamoa uchun muvaffaqiyat. Ammo shonli tarix, ulkan salohiyat va yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lgan «Inter»­ning yetakchi to‘rtlikdan chetda qolishga haqqi yo‘q. Xayriyatki, jamoa Genuyada «Jenoa»ni 4:0 hisobida mahv etdi. Aslida har qanday baho natijaga bog‘liq. Ammo u «Skudetto»ga jiddiy da’vogarlik qilishini istardik.

- «Inter» hozir ham hayotingiz mazmunimi?

- Ha, bu haqda vatandoshlaringiz ham savol berishdi. Men Italiyada faqat «Inter» muxlisi ekanimni aytdim. Ular xorijiy jamoalardan qay birini yoqtirishimni so‘rashdi. Men yana «Inter»ni tilga oldim. Chunki biror-bir jo‘yali javobni topa olmadim.

- Ayting-chi, nima uchun «Yuventus» shunchalik olislab ketgan?

- Qaniydi, bu barqarorlikning asl sababini bilishning iloji bo‘lsa? Buning uchun bor-budimni sarflashga tayyorman. Turinliklar bu mavsumda ham shohsupani bo‘shatmasliklari aniq. O‘ylashimcha, ular YECHLda ham g‘oliblikni mo‘ljallashgan. Aks holda, Ronalduni xarid qilishmasdi. Dunyoning ikki eng sara futbolchisidan biriga sarflangan mablag‘ o‘zini oqlashi kerak-ku, axir.

- Unda dunyoning eng yaxshi himoyachisi kim? Aytishlaricha, siz Ramosni aytgan ekansiz.

- Futbol olami yuksak saviyadagi himoyachilarga boy. Misol uchun, hozir Virjil van Deyk ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Biroq men Ramosni ustun qo‘yaman. Bu borada shubhaga o‘rin yo‘q. Serxio qatorasiga uch marta YECHLda zafar quchdi, jahon va Yevropa chempionatlarida shohsupaga ko‘tarildi. Boz ustiga, himoyachi bo‘la turib 100tadan ko‘proq gol urdi, ularning aksariyati hal qiluvchi gollar edi. U - «Real»ning yaqqol yetakchisi, mahorat bobida ham, jismoniy quvvat bo‘yicha ham. Bilmadim, eng sara maqomiga sazovor bo‘lish uchun yana nima kerak?

- Uni vijdonsiz inson sifatida e’tirof etishganida nimani his etasiz?

- Hech nimani. U - g‘olib. G‘oliblar - muhokamadan mosuvo.

- Ammo u oxirgi «klasiko»da Messiga tirsagi bilan zarba bergandi.

- Bu lavhani ko‘rmadim, lekin o‘yinda bunday to‘qnashuvlar bo‘lishi tabiiy hol. Futbol - 90 daqiqali jang. U nihoyasiga yetgach, hamma odatiy hayotga qaytadi. Kishiga hayotiy fazilatlariga ko‘ra baho berish lozim.

- Nima bo‘lganda ham, Ramos va siz - kamyob o‘yinchilarsiz, dunyoning yarmi sizlardan hayratga tushsa, yarmi nafratlanadi. Bu sizga bosim o‘tkazadimi?

- Yo‘q, bu ajoyib! Demak, men juda kuchliman. Jamiyat senga befarq bo‘lsa, hech kimga keraging yo‘q. Ajralib turadigan shaxs bo‘lish yaxshi. Ayniqsa, o‘z vazifangni halol bajarsang. Bu borada o‘zimni baxtli inson hisoblayman, chunki kasbim ehtirosli. Uni chin qalbimdan sevaman.

- Bir paytlari Zidan bilan qo‘l berib salomlashganingizni, u sizni tanimay, muxlis deb o‘ylagani haqida aytgan edingiz. U bilan oxirgi marta qachon uchrashgansiz?

- Qiziq, negadir bunday voqeani eslay olmayapman. Afsuski, Zidan bilan ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi, aloqamiz ham yo‘q. Inson sifatida unga hurmatim baland. Zidan futbolchi sifatida barcha sovrinlarga sazovor bo‘ldi, yangi sohasida ham muvaffaqiyatlarga erishdi. Men unga shunchaki omad tilash bilan cheklanmoqchi emasman, men unga ta’zim qilaman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 01:04, 24.04.2019.
O'qildi: 6133 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.