Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

«Surxon» – «Andijon». Prevyu

«Surxon» – «Andijon». Prevyu

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

27 aprel kuni Termizdagi “Surxon” stadionida 6-tur doirasida “Surxon” hamda “Andijon” jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.

Ushbu uchrashuvga har ikki jamoa ikki xil kayfiyatda tashrif buyuradi. Sababi, 5-tur doirasida “Andijon” vodiyda vohaning “Nasaf” jamoasi darvozasini 3 marotaba ishg‘ol etib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Surxon” jamoasi vodiyda “Navbahor” jamoasidan uchta gol o‘tkazib yuborib, Termizga quruq qo‘l bilan qaytib ketdi.

Quyida jamoalarning milliy chempionatlarimizda o‘tkazgan o‘zaro uchrashuvlari statistikasini e’tiboringizga havola etamiz.

Jamoalar shu kungacha o‘zaro 24 marta uchrashgan. O‘tkazilgan 24 ta bahsning 14 tasida “Andijon” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 ta bahs termizliklar foydasiga hal bo‘lgan. Qolgan 4 ta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.

“Andijon” jami bo‘lib raqiblar darvozasini 54 marta aniq nishonga olgan bo‘lsa, “Surxon” jamoasi 32 ta gol bilan javob qaytargan.  

“Andijon” raqibini eng yirik – 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. “Surxon” esa bir marotaba ham yirik hisobda g‘olib bo‘lolmagan.

“Andijon” jamoasi jami o‘zaro uchrashuvlarda 46, “Surxon” esa 22 ochko jamg‘argan.

Ushbu jamoalarning Oliy ligadagi so‘nggi uchrashuvi so‘nggi marotaba 2004 yilning 14 avgust kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan va unda jamoamizning qo‘li baland kelgan – 2:1. Oradan 15 yil o‘tib, ushbu jamoalar 27 aprel kuni Termizda bahs olib borishadi.

 

“Surxon” – “Navro‘z” 1:1

31.03.1992 yil. Termiz.

“Navro‘z” – “Surxon” +:-

01.11.1992 yil. Andijon.

 

“Navro‘z” – ASK 1:2

22.06.1994 yil. Andijon.

ASK – “Navro‘z” 3:2

14.09.1994 yil. Termiz.

 

ASK – “Navro‘z” 2:2

23.04.1995 yil. Termiz.

“Navro‘z” – ASK 0:0.

07.10.1995 yil. Andijon.

 

“Navro‘z” – ASK 3:0

24.04.1996 yil. Andijon.

ASK – “Navro‘z” 2:3

28.10.1996 yil. Termiz.            

 

“Andijon” – “Surxon” 5:1

16.07.1997 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 1:0

12.08.1997 yil. Termiz.

 

“Andijon” – “Surxon” 6:2

21.06.1998 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 3:1

14.08.1998 yil. Termiz.

 

“Andijon” – “Surxon” 1:0

18.04.1999 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 4:4

02.10.1999. Termiz

 

“Andijon” – “Surxon” 4:0

24.05.2000 yil. Andijon

“Surxon” – “Andijon” 0:5

26.08.2000 yil. Termiz.

 

“Surxon” – “Andijon” 2:4

18.05.2001 yil. Termiz.

“Andijon” – “Surxon” 1:0

11.09.2001 yil. Andijon.

 

“Andijon” – “Surxon” 4:2

20.04.2002 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 3:1

26.10.2002 yil. Termiz.

 

“Andijon” – “Surxon” 2:1

06.04.2003 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 0:1

22.10.2003 yil. Termiz.

 

“Surxon” – “Andijon” 2:1

26.06.2004 yil. Termiz.

“Andijon” – “Surxon” 2:1

14.08.2004 yil. Andijon.

"Andijon" matbuot xizmati tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:26, 24.04.2019.
O'qildi: 2483 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.