Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Davron Fayziyev: «Qadamboy Nurmetov singari yoshlarni Pro-Ligadan izlashda davom etaman»

Davron Fayziyev: «Qadamboy Nurmetov singari yoshlarni Pro-Ligadan izlashda davom etaman»

Baho:
+ | -

“Dinamo” – “Navbahor” (2-2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziyev va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sardor Eminov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O‘yin haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘yin oldidan men standart vaziyatlarda gol o‘tkazishimizdan qo‘rqqandim va shunday bo‘ldi. Chunki namanganliklar safida tajribali futbolchilar ko‘p. Bugun Superliganing super jamosiga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdik. Stadionga kelgan muxlislar afsuslanishmadi deb o‘ylayman. Ikki murabbiy uchun ham validolli o‘yin bo‘ldi. Bugungi jangovor o‘yindan so‘ng jamoam bilan faxrlanaman. Agar mendan so‘rashsa, fikrimcha biz ikki ochko yo‘qotdik. O‘yinga bo‘lgan bahoni muxlis va mutaxassislarga qoldiraman.

Durangga qaramay, mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldimi? Ha, yaxshi o‘yin bo‘ldi, lekin eng yaxshi o‘yinlarimiz hali oldinda. Asosiysi biz hamma o‘yinda mana shunday jangovor harakat qilishimiz kerak. Biz mehmonda ham ochko olishni boshlashimiz kerak, uy jamoasi bo‘lishni istamayman.

Amirjon Safarov «Paxtakor» bilan o‘yinda jarohat oldi va u uch haftaga safdan chiqqan. Lekin hujumda munosib futbolchilarimiz bor: Shodiyev, Baratov, Nurmetov. Hujumchi asosiysi vazyatlardan foydalansa bo‘ldi. Uning kimligi muhim emas. Masalan, bugun menga raqib hujumchisi Kasyan juda yoqdi. U joy tanlashni, gol hidini biladigan tajribali forvard ekan.

Qanot himoyachilarimiz ko‘p hujumga o‘tishmadi? Ular bizning ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. Biz bugun raqibning hujumini kutib qarshi hujumda to‘pni tezroq hujum chizig‘iga yetkazib berishimiz kerak edi. Qanotda yugurib yurishdan foyda yo‘q. Ularning hujumga ko‘p qatnashmagani mening ko‘rsatmam bo‘ldi. Futbolchilarimga e’tirozim yo‘q, ular yaxshi o‘ynadi. Bugun biz o‘zimiz xohlagan o‘yinni qildik.

Darvozabonlarning hammasi men uchun bir xil. Eshbo‘tayev ham, Ergashev ham yaxshi futbolchi. «Paxtakor» bilan o‘yinda Botirali o‘ynashi mumkin emasdi, chunki u «Paxtakor» futbolchisi va kelishuvimizda shunday shart bor.

Birinchi davradan keyingi transferlar? Seleksiya ishlari to‘xtagani yo‘q. Ammo, aytaylik katta transferlar yoki bahosi yuqori futbolchilar uchun katta pul sarflay olmaymiz. Masalan, biz Pro-Liganing o‘rtamiyona klubi “Xorazm”dan taklif etgan Qadamboy Nurmetov mana Samarqanddagi ikkita o‘yinimizda ikkita muhim gol urishga erishdi. Shaxsan o‘zim Pro-Ligadan unga o‘xshagan shijoatli yoshlarni imkonqadar izlashda davom etayapman. O‘sishni istaydigan yoshlarni topsam, taklif etib, imkon berishda davom etaman.

"Andijon" bilan o‘yin? Futbolchilarga qisqa dam berib, navbatdagi turga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Hech bir o‘yin oson kechmaydi. Oldin aytgan gapimni takrorlayman - biz taslim bo‘lmaymiz, oxirigacha kurashamiz!

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:08, 27.04.2019.
O'qildi: 2459 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.