Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Navbahor» jamoasi madhiyasi matni tasdiqlandi

«Navbahor» jamoasi madhiyasi matni tasdiqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

PFL talabiga ko‘ra, joriy mavsumdan boshlab, har bir klub o‘z madhiyasiga ega bo‘lishi shart etib belgilandi. Buni amalga oshirish maqsadida “Navbahor” jamoasining madhiyasi uchun tanlov e’lon qilingandi. 

Klub matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, komissiya a’zolari tomonidan tanlovga kelgan ko‘plab variantlar ko‘rib chiqildi. Natijada Bahodir Jo‘rayevning she’ri “Navbahor” madhiyasi sifatida tasdiqlandi.

Endi muxlislar sevimli jamoalari o‘yinlari paytida mazkur madhiyani jo‘r bo‘lib ijro etishadi.

“Navbahor” 
Bahodir Jo‘rayev so‘zi 

Biz, Namangan lochini futbol bilan yashaymiz, 
G‘oliblik yo‘li sari olg‘a qadam tashlaymiz. 
Yomg‘ir yoki issiqda to‘lar o‘yingoximiz, 
Chunki faxrim “Navbahor” - bizning jon-u dilimiz. 

Naqarot 
“Navbahor”, “Navbahor”, “Navbahor” bizga g‘alaba darkor, 
Buyuk “Navbahor”!!! 

Biz doim quvonch bilan mehmonlarni kutamiz, 
Mehnat qilsak albatta, g‘alabaga etamiz. 
Qani, endi baralla keling, birga aytamiz, 
Namanganning engilmas uchqur lochinlarimiz. 

Naqarot 
“Navbahor”, “Navbahor”, “Navbahor” bizga g‘alaba darkor, 
Buyuk “Navbahor”!!!

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:37, 29.04.2019.
O'qildi: 5696 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик