Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Qo‘qon-1912» — «Lokomotiv» to‘qnashuvining birinchisi Toshkentda o‘tadi

«Qo‘qon-1912» — «Lokomotiv» to‘qnashuvining birinchisi Toshkentda o‘tadi

Baho:
+ | -

Ayni vaqtda Qo‘qon shahridagi stadionda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shu sababli “Qo‘qon-1912” klubi o‘zining uy uchrashuvlarini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazib kelyapti.

Qo‘qonliklar Coca  Cola  Superliganing 7-turi doirasida “Lokomotiv”ni qabul qilishi kerak edi. Mazkur bellashuv ikki tomon kelishuviga ko‘ra, Toshkentda o‘tadigan bo‘ldi. “Temiryo‘lchilar” ikkinchi davra o‘yinini safarda o‘tkazadi.

Shu tariqa uchrashuv 2 may kuni “Lokomotiv” stadionida 18:30 da start oladi. Avvalroq “Paxtakor” — “Metallurg” o‘yini 1 may kuni bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Mazkur o‘zgarishlar Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan klublarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

7-tur

1 may, chorshanba

18:30 PAXTAKOR — METALLURG

2 may, payshanba

18:30 LOKOMOTIV —QO‘QON-1912

 

4 may, shanba

17:30 NAVBAHOR — SO‘G‘DIYONA

19:45 BUXORO — NASAF

 

5 may, yakshanba

17:20 ANDIJON — DINAMO

17:30 AGMK — SURXON 

19:45 QIZILQUM — BUNYODKOR

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:54, 29.04.2019.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик