Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Pike Kukurelyani «Real»ga o‘tgani uchun keskin tanqid qildi

Pike Kukurelyani «Real»ga o‘tgani uchun keskin tanqid qildi

Baho:
+2 | -

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Jerar Pike qanot himoyachisi Mark Kukurelyaning Madridning «Real» klubiga o‘tgani haqida fikr bildirdi. 27 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2020 yilga qadar klub tizimida faoliyat yuritgan.

«Kukurelya "La Masiya"dan yetishib chiqqan. U bolaligidan "Barselona" emblemasini himoya qilgan, klub qadriyatlarini o‘zlashtirgan va "Barselona" butun dunyodagi millionlab muxlislar uchun nimani anglatishini yaxshi bilgan. Shuning uchun ham bu qaror ["Real"ga o‘tish] yanada og‘riqli qabul qilinmoqda.

"La Masiya" tarbiyalanuvchisi bu raqobatni boshqalarga qaraganda yaxshiroq tushunadi. Agar sen "Barselona" akademiyasida voyaga yetgan bo‘lsang, keyin esa "Real" Madridni tanlasang, "Barselona" muxlislari bundan xursand bo‘lishini kutma.

"La Masiya" oddiy futbol akademiyasi emas — bu o‘ziga xoslikdir. "Barselona"ni tark etish mumkin, ammo "La Masiya" seni tarbiyalaganidan keyin "Real" Madridga o‘tishmi? Ko‘plab muxlislar uchun bu endi me’yordan oshib ketish hisoblanadi.

Insonlar o‘z qarorlarini qabul qilish huquqiga ega, ammo haqiqiy "Barsa" muxlisi o‘z ildizlarini hech qachon unutmaydi», — dedi Pike Defensa Central nashriga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:24, 16.06.2026.
O'qildi: 2642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик