Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Barselona» : «Liverpul» kim finalga yo‘l oladi? Futbolchilar javob berishdi!

«Barselona» : «Liverpul» kim finalga yo‘l oladi? Futbolchilar javob berishdi!

Baho:
+2 | -

Hozirda OAVning e’tibor markazida turgan uchrashuv oldidan kimning imkoniyati ko‘proq degan savolga futbolchilar javob qaytarishdi. Xorij nashrlari tomonidan e’lon qilingan kichik intervyularni saytimiz uchun tarjima qildik.

Pol Pogba

Afsuski, biz bu bosqichga yetib kela olmadik. Bizga biroz o‘z kuchiga ishonch yetishmadi deb o‘ylayman. Yarim final juftiklariga to‘xtaladigan bo‘lsam, «Ayaks» «Tottenhem»dan qiyinchiliksiz o‘tadi deb o‘ylayapman. Final «Barselona» va «Ayaks» o‘rtasida bo‘ladi deb o‘ylayapman. To‘g‘ri, «Liverpul» kuchli klub, biroq «Barselona» bir necha yildan beri sayyoramizning eng qudratli klubi ekanligini isbotlab kelmoqda.

Buffon

Men YCHL turnirini katta hayajon bilan kuzataman. Mening klubim turnirdan chiqib ketgan bo‘lsada, bu musobaqaga bo‘lgan qiziqshim zarracha kamayib qolmaydi. Kim chempion bo‘ladi deysizmi? Katta ehtimol bilan «Liverpul» va «Barselona» juftligi g‘olibi «shalpangquloq»qa ega chiqsa kerak. Bu ikki klub hozir qo‘rqinchli ko‘rinishda, biroq Messi borligi uchun ham «Barselona» fovorit desak, adashmagan bo‘lamiz.

Markus Reshford

«Barselona» dunyoning eng kuchli klubi. Bunga hech kimda shubha yo‘q. Ularga qarshi bizga juda qiyin bo‘ldi. Hozirda Messi ajoyib formada va «Barselona» ham so‘nggi yillardagi eng kuchli «Barsa»dek ko‘rinmoqda.  «Liverpul» ham bu uchrashuv oldidan jangovar ko‘rinishda. «Barsa»dan ustunlik bo‘rdek ko‘ringani bilan imkoniyatlar ikki klubda ham bir hil.

Zlatan Ibrahimovich

Chempionlar Ligasidan minatdor bo‘lishimiz kerak. U bizga har mavsumda ajoyib uchrashuvlarni taqdim etadi. Menga bu mavsumda «Liverpul» ning o‘yinlari ko‘proq yoqmoqda. Ular jismonan kuchli va qolganlardan ancha tezkorroq. To‘g‘ri, Messi boshchiligidagi «Barselona» ham chempionlik uchun imkoniyatga ega, biroq «liverpul» asosiy da’vogar bo‘lib qolaveradi. Bu klub so‘nggi yillarda Kloppning mehnatlari evaziga o‘sishga erishdi. Bu uchun muxlislar va futbolchilar undan minatdor bo‘lishlari kerak deb hisoblayman.

Neymar

Men uchun «Barselona» qanday uchrashuv bo‘lishidan qati’y nazar doimo fovorit bo‘lib qolaveradi. Sababi, ularning tarkibida Messi bor va dunyoning eng yaxshi futbolchisi. «Liverpul» so‘nggi ikkita mavsumda kuchli futbol ko‘rsatgan bo‘lsada, men «Barselona»ga muxlislik qilaman va umid qilamanki ular buning uddasidan chiqishadi.

Arsen Venger

Bu juftlik o‘rtasidagi uchrashuv «Metrapolitano»dagi o‘yindan ancha qiziqroq bo‘ladi deb tahmin qilyapman. Nega deysizmi? Ahir, dunyoning ikki buyuk klublari to‘qnash kelishyaptiku! Albatta, hammada imkoniyat bor biroq, menimcha, tarkibida Messidek futbolchi bor klub turnirda g‘olib bo‘lsa, kerak. Agarda, «Liverpul» Messini zararsizlantirishning imkonini topsa, unda ular chempionlikka katta qadam tashlagan bo‘lishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:51, 30.04.2019.
O'qildi: 22491 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.