Xabaringiz bor, kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari Tayland mamlakatida U-23 Osiyo chempionati musobaqasi o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqada 1-3 o‘rinni egallagan jamoalar Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ana shu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan barcha zarur chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining tayyorgarligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘FA va PFL mutasaddilari, Olimpiya terma jamoasi murabbiylari, Superliga klublari bosh murabbiylari ishtirok etishdi.
Tadbirda Olimpiya terma jamoasi katta murabbiyi Ravshan Haydarov so‘zga chiqib, terma jamoaga nomzod futbolchilar doimiy nazoratda ekanliklari, Superliga klublari bosh murabbiylari ham mazkur futbolchilarga qo‘shimcha e’tibor qaratib, ularning jismoniy va funksional tayyorgarligini nazorat qilishda yordam berib borishlari so‘raldi.
Shuningdek, O‘FA mutasaddilari terma jamoaga nomzod futbolchilar bilan doimiy aloqada bo‘lishi, suhbatlar olib borishi, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni hal qilishda yordam berishi, bu jarayon futbolchilarning klublaridagi faoliyati va mashg‘ulotlariga halaqit qilmasligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, O‘FA Ilmiy-uslubiy departamenti direktori Shamil Iseev so‘zga chiqib, assosiasiya tomonidan maxsus xarid qilingan texnologiyalar yordamida Olimpiya terma jamoasiga nomzod har bir futbolchi tekshiruvdan o‘tkazilishi, bu jarayon o‘sha futbolchilarning o‘yin davomida qancha masofa bosib o‘tgani, qanday tezlikda harakat qilgani, chidamlilik va boshqa jihatlarini o‘rganish hamda shu asosida qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish imkonini taqdim etishi haqida ayti o‘tdi. Shu bilan birga, Superliga klublari bosh murabbiylari istagiga ko‘ra nafaqat Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar, balki butun jamoa a’zolari haqida ham mana shunday ma’lumotlar yig‘ilib, murabbiylarga taqdim qilinishi mumkinligi qo‘shimcha qilindi. Bu ma’lumotlar murabbiylarga qo‘lostidagi futbolchilarning imkoniyati haqida to‘liq xulosaga kelishga yordam beradi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish bosh vazifa qilib qo‘yilgan ekan, mazkur maqsadga erishish uchun barcha bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishi kerakligi ham ta’kidlandi.
YECHL tarixida eng ko‘p mavsum qatnashgan 5 klub [4234]
«Barselona» Alvares transferida qat’iy qaror qabul qildi [3113]
Chempionlar ligasining 2026/27 mavsumida qatnashadigan barcha 36 klub ma’lum bo‘ldi [2790]
Bugungi YECHL qur’asi haqida batafsil [2743]
Valverde: «Bu kunni umrimning oxirigacha eslab qolaman» [2645]
YECHL-2026/27: 36 klubning barcha raqiblari ma’lum bo‘ldi [2233]
«Real» «PSJ» yulduzi uchun 150 million yevro taklif qildi [2095]
Trent Aleksander-Arnold «Real»ni tark etishi mumkin [1935]
O‘zbekiston kubogi: 1/8 finalning to‘rt uchrashuvi uchun rasmiylar tayinlandi [1583]
«Barselona» himoyachisi jamoadan ketishga qaror qildi [1575]













