Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

La liga. «Barselona» Vigoda yutqazdi (videosharh)

La liga. «Barselona» Vigoda yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida «Barselona» Vigoda «Selta» klub mehmoni bo‘ldi.

Kataloniyaliklar muddatidan avval Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritib bo‘lgani bois, "Liverpul"ga qarshi muhim o‘yin oldidan Ernesto Valverde yetakchi futbolchilarga dam berdi. Boz ustiga, o‘yin boshidayoq Usmon Dembele jarohat olib, maydonni tark etdi. Murabbiy uning o‘rniga Koutinyoni emas, boshqa yosh futbolchini tushirishga qaror qildi.

Birinchi bo‘limda xavfli vaziyat deyarli yuzaga kelmagan bo‘lsa ("Selta"ning goli VAR orqali bekor qilindi), ikkinchi bo‘limda mezbonlar ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlab taym o‘rtalarida himoyadagi tartibsizlik tufayli Maksi Gomes raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, o‘yin so‘ngida hakam VAR yordamida "Barselona" darvozasiga penalti belgiladi. Jamoa to‘purari Yago Aspas 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Selta" o‘z ochkolarini 40taga yetkazib, jadvalda xavfli hududdan biroz uzoqlashdi.

Ispaniya La ligasi, 36-tur
Selta – Barselona 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 67 Maksi Gomes, 2:0 – 88, penalti Aspas.
Selta – Blanko, Malyo, Kabral, Arauxo, Olasa, Yokushlu, Lobotka, Budebuz (Xosabed, 85), Bufal (Brais Mendes, 71), Aspas, Maksi Gomes (Beltran, 90).
Barselona – Sillessen, Vage, Vermalen, Umtiti, Malkom, Artur (Vidal, 62), Dembele (Kolyado, 6), Alenya, Boateng, Puch, Todibo (Murilyo, 68).
Ogohlantirishlar: Vermalen (14), Umtiti (29), Bufal (31), Todibo (55), Boateng (72), Vidal (79).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:48, 05.05.2019.
O'qildi: 9359 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик