Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Ahvollar qalay, Xalk?

Ahvollar qalay, Xalk?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida to‘p surgan, ayni payt hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan birga Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi sharafini himoya qilayotgan braziliyalik hujumchi Xalk haqida eshitgansiz, albatta.

«Semizgina» shartnoma egasi hisoblangan Xalk hozirda Xitoy klubidan yiliga 20 mln. yevro miqdorida maosh olmoqda va imkon qadar olayotgan pullarini oqlab, mahalliy ishqibozlarni xursand qilish payida. 32 yoshli Xalk shu kungacha barcha turnirlarda «Shanxay SIPG» libosida 94 marta maydonga tushib, ularda 55ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, mazkur gollarning 13tasidan so‘ng «Shanxay» tarixiy g‘alabalarga erishdi. 2018 yili esa «qizil burgutlar» Superligada chempionlik shohsupasiga ko‘tarilib, bu borada «Guanjou Evergrand»ning Xitoydagi 7 yillik gegemonligiga chek qo‘yishdi.

Bu yilgi mavsum starti «Shanxay» uchun birmuncha beqaror keldi. Dastlabki turlardagi ikki qoniqarsiz natija - «Tyanszin Syuanszyan»ga qarshi safardagi durang va o‘z maydonida «Chunsin Lifan»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat tufayli klub chempionat jadvalida uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Ammo Xalk o‘ziga belgilab olgan «planka»ni aslo pastga tushirmayapti. Deylik, u hatto o‘sha mag‘lubiyatli «Chunsin Lifan»ga qarshi uchrashuvda ham zimmasidagi vazifani to‘liq ado etib, mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Zarba kuchi shu qadar ediki, bu holatda darvoza to‘ri qanday qilib butun qolgani hayratlanarli.

32 yoshda bo‘la turib, jismoniy ko‘rsatkichlar borasida top-darajani saqlab turishning o‘zi qiyin. Braziliyalik pahlavon esa buni uddalayapti, harqalay. Chunonchi, u har bir rasmiy uchrashuv yoki murakkab mashg‘ulotlardan so‘ng sog‘lig‘i xususida yetarlicha qayg‘urib, tiklanish jarayoni hamda yengil mashqlarga katta e’tibor qaratadi. Buning ustiga, «Instagram»dagi sahifasiga trenajyor zalidan suratlarni muntazam joylab, jismoniy holatidan muxlislarini doim xabardor qilib turadi. Xullas, Xalk - haqiqiy «mashina»!

Kundalik hayot masalasiga kelsak, bu borada Xalkning ishlari joyida. Hatto aytish mumkinki, u Xitoyda oilasi uchun avvalgidan ham ko‘proq vaqt ajratishga ulguryapti. Raqamlar misolida olsak, u 2018 yili klub libosida barcha turnirlarda atigi 34 marta maydonga tushdi, xolos. Futbolchi bo‘sh vaqtlarida rafiqasi Iran, o‘g‘illari Ian va Tyago, shuningdek, arzanda qizchasi Alisiyalar hamrohligida tez-tez Shanxay bo‘ylab sayr uyushtirib, mahalliy restoranlarda tayyorlangan taomlardan tanovul qilmoqda. Qizig‘i shundaki, yegulik va xizmatlar uchun pulni doim ham Xalk to‘layvermaydi. «Bugungi tushlik uchun to‘lovni rafiqam amalga oshirganidan foydalanib qoldim», — deya hazillashadi hujumchi surat ostiga izoh yozib.

Qisqasi, Xalk o‘zining Xitoydagi tinch va osuda, qulay hayot tarzidan mamnun. Shu bois, u Chin yurtida shart­nomasining oxirigacha - 2020 yilning dekabrigacha qolmoqchi. Lekin «Shanxay»dan keyingi rejalari haqida futbolchi negadir sukut saqlamoqda.

Ochiqchasiga tan olish kerak, Xalk 2020 yildan so‘ng Yevropaning qaysidir top-klubi bilan shartnoma tuzishiga ishonish qiyin. Chunonchi, forvard mana 4 yildirki, klublar miqyosidagi biror-bir yirik turnirda qatnashmadi (OCHLni hisobga olmasak, albatta), Braziliya milliy jamoasi libosini kiymaganiga ham 3 yil bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Xalk terma sharafini 2016 yil iyunida himoya qilgan. Shunda ham «pentakampeonlar» ustozi Dunga Amerika kubogining Peruga qarshi o‘yinida Xalkka atigi 18 daqiqa vaqt bergan, xolos.

«Hozirda 32 yoshga to‘ldim. Odamlar esa katta klublarda o‘ynashim mumkin bo‘lganini hamon gaprishadi. Shubhasiz, men «Portu» va «Zenit»ni katta klub deb bilaman, ammo bu o‘rinda gap Ispaniya, Italiya yoxud Angliya chempionatlari haqida bormoqda. Ammo ming afsuski, kaminada bunday imkoniyat bo‘lmadi, — deydi hujumchi. — Vaholanki, shaxsiy ko‘rsatkichlarim kuchimni Yevropa chempionatlarida ham bemalol namoyish qilish uchun yetardi. Kim biladi deysiz, ehtimol, meni agentim yo‘ldan urgandir?!»

Shunisi aniqki, Xalk futbolchilik faoliyati shunday ko‘rinish olganidan aslo afsusda emas. Bu fikr hujumchining o‘zidan ko‘ra, ko‘proq uning muxlislarini o‘ylantiradi. Zero, ishqibozlar Xalkning zarbasidan so‘ng darvoza to‘ri yirtilib ketganini faqat «Zenit»ning mashg‘ulotlar maydonida emas, Yevropaning eng yaxshi ligalarida ko‘rishni ham istashgandi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 02:15, 06.05.2019.
O'qildi: 5751 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.