Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentda «S» lisenziyasi bo‘yicha O‘FA murabbiylik kurslari boshlandi

Toshkentda «S» lisenziyasi bo‘yicha O‘FA murabbiylik kurslari boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Jumladan, Toshkentda "S" lisenziyasi bo‘yicha O‘FA murabbiylik kurslari boshlandi. Mazkur kurslarni Dmitriy Kim o‘tkazyapti. Unga Oybek Davletmurotov assistentlik qilmoqda. O‘quv kurslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

"S" lisenziyasi bo‘yicha O‘FA murabbiylik kurslarida 20 nafar murabbiy ta’lim olyapti. Ular orasida Islom Inomov, Aleksandr Kleskov, Pavel Solomin kabi sobiq futbolchilar bor. O‘quv kurslari 16 may kuni yakuniga yetadi. 

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylar 3 yilga mo‘ljallangan O‘FAning murabiylik bo‘yicha "S" lisenziyasini qo‘lga kiritishadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:32, 06.05.2019.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик