“Manchester Siti” sardori Vensan Kompani “Lester”ga qarshi o‘yinda hal qiluvchi golni urdi.
Kompani bir yildan beri ilk bor gol urdi. Oxirgi marotaba u 2018 yil 7 aprel kuni “MYU” darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Belgiyalik futbolchi “shaharliklar” safida 20-golini urdi va birinchi marta jarima maydoni tashqarisidan raqib darvozasiga yo‘l topdi.
Ma’lumot o‘rnida, Kompani “Man Siti”da 2008 yildan beri o‘ynab keladi. U klub bilan 10 ta sovringa ega chiqqan.