Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

Superliga klublari vakillari uchun Madridda seminar bo‘lib o‘tmoqda

Superliga klublari vakillari uchun Madridda seminar bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, 2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib, ispan futboli tajribasini mamlakatimizga olib kelish bo‘yicha qator kelishuvga erishgan edi. 

Natijada O‘zbekiston hamda Ispaniya futbol ligalari o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasi o‘rtasida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, translyasiyalar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishgan va o‘zaro hamkorlik doirasida qator loyihalar amlga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 6-8 may kunlari O‘zbekiston Professional futbol ligasi mutaxassislari hamda Superliga klublarining marketing, xalqaro aloqalar bo‘limlari xodimlari uchun Ispaniya poytaxti Madrid shahrida o‘quv-seminari tashkil etilmoqda. Seminarning ilk kunida o‘zbekistonlik mutaxassislar “Real Madrid” klubi qarorgohida ma’ruzalar tinglashdi. Dastlab “Real Madrid” klubining strategik rivojlanish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan Xose Ramon Kapdevilya o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. So‘ngra “Real Madrid” klubining 2006-2009 yillardagi prezidenti Ramon Kalderon seminarni olib bordi. Klub boshqaruvi tizimida ulkan tajribaga ega bo‘lgan ushbu mutaxassis asosan klub menejmenti, klubni iqtisodiy tang ahvoldan qanday olib chiqish, klubning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar, homiylar bilan samarali ishlash bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Seminar davomida, shuningdek, futbol sanoatining hozirgi darajada rivojlanishida klub va liganing o‘rni, klublarda marketing sohasini rivojlantirish, klublarga saviyali legionerlarni jalb etishdagi muhim omillar, qolaversa, liga nufuzi va ommabopligini oshirishda mashxur futbolchilardan unumli foydalanish kabi masalalar muhokama etildi. 

Bugun o‘zbek mutaxassislari “Real Madrid” akademiyasiga tashrif buyurishadi va akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishishadi. Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida La liga klublari vakillari bilan qator uchrashuvlar tashkil etiladi va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, dunyoning ilg‘or mamlakati bo‘lgan Ispaniya klublarining futbolda erishgan yutuqlari va tajribalarini o‘zbek klublarida ham tatbiq etish bo‘yicha fikrlar almashilishi ko‘zda tutilgan. 

Manba: PFL
Kiritildi: 10:52, 07.05.2019.
O'qildi: 1949 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.