Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xovosda qariyb 4 mlrd so‘mlik yangi sport inshootlari foydalanishga topshirildi

Xovosda qariyb 4 mlrd so‘mlik yangi sport inshootlari foydalanishga topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

9 may – “Xotira va qadrlash kuni” arafasida Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Gulbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 18x42 metr o‘lchamli zamonaviy sport zali va stadion foydalanishga topshirildi.

520 nafar sportchi shug‘ullanish imkoniga ega mazkur majmua qurilishi uchun jami 3 milliard 800 million so‘m sarflandi, inshoot 84 turdagi 275 mln so‘mlik sport anjomlari va inventarlari bilan ta’minlandi. Endi xovosliklar tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi tasarrufidagi ushbu majmuada yengil atletika, erkin va yunon-rum kurashi, kamondan o‘q otish, og‘ir atletika kabi 15 dan ortiq sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etishlari mumkin.

Majmuaning ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va boshqalar qatnashishdi. Tadbirga Osiyo va jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan 10 dan ortiq mashhur sportchilarimiz tashrif buyurgani esa ayniqsa, yosh o‘g‘il-qizlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Xususan, mashhur bokschi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Bahodir Jalolov, nomdor yengil atletikachilarimiz XVIII Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibasi Svetlana Radzivil, yaqindagina Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Nadiya Dusanova, Osiyo chempionati g‘olibi Safina Sadullayeva, kurash, sambo va dzyudo bo‘yicha jahon chempionatlari sovrindori Nodira Gulova, yozgi Osiyo o‘yinlarida akademik eshkak eshish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan Shahboz Abdujabborov, Anatoliy Krasnov, Alisher Yarov, velosport bo‘yicha Osiyo chempionatlari sovrindori Yanina Kuskova singari taniqli sportchilar Sirdaryolik yoshlarga mahorat darsi o‘tib berishdi.

Shuningdek, mahalliy yoshlar Timur Kapadze, Ilhom Suyunov, Lutfulla To‘rayev singari futbol yulduzlari bilan uchrashishga ham muvaffaq bo‘ldilar.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev sirdaryoliklarni qo‘shaloq bayram – 9 may Xotira va qadrlash kuni hamda ko‘rkam, zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimi bilan qutlarkan, jumladan, shunday dedi:

– Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni masalaning mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan biri sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Mazkur zamonaviy majmuaning foydalanishga topshirilishi bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi. Sirdaryo zamini yurtimizga juda ko‘p iste’dodlarni tarbiyalab bergan. Endi mana shu majmuadan ham Vatanimiz sha’nini jahon maydonlarida munosib himoya qiladigan o‘g‘il-qizlar yetishib chiqishiga shubha yo‘q.

Manba: minsport
Kiritildi: 10:08, 09.05.2019.
O'qildi: 1643 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.