Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 2-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 1-0 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

E’tirofga munosib sportchi

E’tirofga munosib sportchi

Baho:
+ | -
Sport orqali O‘zbekiston shuhratini dunyoga tanitayotgan sportchilarimizdan biri Yanina Kuskovadir.   Yanina Sirdaryo viloyatidagi Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida velosport yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olish bilan bir qatorda, sportchilik faoliyatida tinimsiz mehnati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi sabab, ulkan marralarni zabt etmoqda.   Bu yil 18 yoshni qarshilagan YA.Kuskova bir necha bor mamlakat miqyosidagi sport musobaqalarida ishtirok etib, toblandi va bir qator medallarni qo‘lga kiritdi. U sportchilik faoliyatida ilk marotaba joriy yilning 8-13 yanvar kunlari Jakarta shahrida (Indoneziya) bo‘lib o‘tgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Sportchimiz musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarining vaqt poygasida bronza medalni, ochkolar bo‘yicha guruhli poygada kumush medalni qo‘lga kiritdi.   Shuningdek, Yanina o‘z mahoratini yanada oshirish maqsadida mart oyida Janubiy Koreyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida malaka oshirib keldi. 22-28 aprel kunlari yurtimizda bo‘lib o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qizlar o‘rtasidagi poygada kumush medalni qo‘lga kiritdi.   Uning erishayotgan ulkan yutuqlarini munosib taqdirlash, xalqaro musobaqalarda yuqori natijaga erishishi va bu orqali mamlakat sharafini dunyo uzra yuqoriga ko‘tarishi uchun Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev tomonidan Yanina Kuskova zamonaviy shosse velosipedi bilan taqdirlandi.   – Sportda erishayotgan yutuqlarimni, kamtarona mehnatlarimni yuqori baholab, barcha talablarga javob beradigan velosiped bilan taqdirlanganimdan baxtiyorman, – deydi YA.Kuskova. – Biz, sportchilar mamlakatimiz sharafini himoya qilish uchun bor kuch-g‘ayratimiz bilan harakat qilamiz. Maqsadim – Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlari hamda Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lib, yurtimiz dovrug‘ini jahonga taratish.    Ayni damda O‘zbekiston velosport federasiyasi va Xalqaro velosipedchilar ittifoqining (UCI) Butunjaxon velosportni rivojlantirish markazi bilan o‘rnatilgan ikki tomonlama xamkorlik doirasida federasiya YA.Kuskovani Shveysariyada o‘tadigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga yuborishni rejalashtirgan.
Manba: UZA
Kiritildi: 23:50, 10.05.2019.
O'qildi: 1834 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.