Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Shota Arveladze: «Qimmatli ochkolarni boy berdik»

Shota Arveladze: «Qimmatli ochkolarni boy berdik»

Baho:
+ | -

"Navbahor" bilan uchrashuvdan keyin Shota Arveladze o‘yin haqida taassurotlarini aytib o‘tdi.

- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Undagi azart, keskinlik va shiddat yuqori edi. Chempionat yetakchilari o‘ynashdi, vaziyatlar, sariq kartochkalar va gollar. Bu hafta nafaqat "Paxtakor" uchun ham xuddi "Barselona" va "Ayaks"dagidek singari alamli bo‘ldi. Albatta, bu achinarli. Alam qilgani shuki, raqibda deyarli yuz foizlik vaziyat yuzaga kelmadi. Hisob 2:0ga aylangach, jamoa bo‘shashdi. Shuningdek, bugun "Navbahor"ni qo‘llash uchun kelgan namanganlik muxlislarni ham alohida e’tirof etish lozim. Ular o‘yin oxirigacha o‘z suyuklilarini tinimsiz olqishlab, qo‘llab turishdi. Mavsum davom etadi. Oson o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Barcha bahs qiyin o‘tmoqda. "Paxtakor" o‘z yo‘nalishida harakatlanishni davom ettiradi.

Joriy mavsumda ilk bor g‘alabani qo‘ldan chiqarganimizga asosiy sabablardan biri, bu raqibning munosib qarshiligi. Shuningdek, biz juda erta bo‘shashib, o‘yin tizgini qo‘ldan chiqardik. Natijaga o‘ynashni boshlab yuborgach, ko‘proq orqaga o‘ynadik. "Navbahor" esa birinchi golni urib olgach tezda o‘yinga qaytdi. Balki jamoamizga qiyin rejim ham halaqit qilgandir. Chunki har 4-5 kunda o‘yin o‘tkazyapmiz. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shunga qaramay yuqori darajada o‘ynayotgan jamoamizni maqtab qo‘ymoqchiman. Bu oson emas. Hali aytganimdek, chempionat davom etadi. Biz esa yo‘l qo‘yilgan xatolardan tegishli xulosalar chiqarishimiz kerak. Tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqarish alamli. Lekin hisob tenglashgach ham jamoamiz futbol o‘ynadi va oldinga o‘tdi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 03:29, 12.05.2019.
O'qildi: 2408 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик