Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Chempionshipdan APLga chiqish uchun pley-off o‘yinlari boshlandi

Chempionshipdan APLga chiqish uchun pley-off o‘yinlari boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Chempionshipga chiqish uchun pley-off o‘yinlarida yarimfinalning dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Derbi shahridagi «Prayd Park» stadionida Frenk Lempard boshchiligidagi «Derbi Kaunti» Marselo Byelsaning «Lids Yunayted»ini qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazdi.

O‘yindagi yagona gol 55-daqiqada mehmonlar yarimhimoyachisi Kemar Ruf tomonidan urildi.

Javob uchrashuvi «Lids» maydonida 15 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Yarimfinalning ikkinchi uchrashuvida «Aston Villa» «Vest Bromvich Albion»ni qabul qildi. Birmingemdagi «Villa Park» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob 16-daqiqada ochildi — mehmonlar hujumchisi Duayt Geyl aniq harakat qildi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida, 75-daqiqada mezbonlar yarimhimoyachisi Konor Huriheyn muvozanatni tikladi, 4 daqiqa o‘tib «Aston Villa» Temmi Abrahamning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. 88-daqiqada «Vest Bromvich» bir kishi kam bo‘lib qoldi, hakam Geylga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.

Jamoalarning javob uchrashuvi 14 may kuni bo‘lib o‘tadi. Chempionship pley-off bosqichi finali 27 may kuni Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkazilishi belgilangan.

Chempionship
APLga chiqish uchun pley-off o‘yinlari
1/2 final
Birinchi o‘yinlar
Aston Villa – Vest Bromvich 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 16 Geyl, 1:1 – 75 Huriheyn, 2:1 – 79, penalti Abraham.
Aston Villa – Stir, Teylor, Mingz, Tuanzebe, Al-Muxammadi, Uelan (Huriheyn, 67), Makginn, Grilish, Adoma (Grin, 67), El-Gazi (Kodjia, 90), Abraxam.
Vest Bromvich – Jonston, Holgeyt, Douson (Mirs, 46), Bartli, Gibbs, Brant, Yuhansen (Morrison, 85), Fillips (Merfi, 66), Hegazi, Geyl, Rodriges.
Ogohlantirishlar: Holgeyt (33), Hegazi (48), Geyl (62), Gibbs (77).
Chetlatish: Geyl (88).
 
Derbi Kaunti – Lids 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 55 Ruf.
Derbi Kaunti – Ros, Tomori, Bogl, Meloun, Kio, Maunt, Xolms (Bennett, 70), Lourens (Xaddlstoun, 86), Djonson, Uilson, Nyudjent (Merriott, 64).
Lids – Kasilya, Eyling, Berardi, Kuper, Klix, Forshou (Sheklton, 24), Xarrison, Ernandes, Ruf (Klark, 81), Fillips, Dallas.
Ogohlantirishlar: Lourens (55), Berardi (63), Kuper (65), Kio (67), Xolms (68), Klix (87), Haddlstoun (89).

Manba: KUn
Kiritildi: 11:06, 12.05.2019.
O'qildi: 2377 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.