Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela 1-1 Kanada
06/07 21:00 Angliya 1-1 Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

«Real Madrid» futbolchilari Messining ketishiga qanday fikr bildirdilar

«Real Madrid» futbolchilari Messining ketishiga qanday fikr bildirdilar

Baho:
+ | -

Hozirda trendga aylangan Messining klubdan ketishi to‘g‘risidagi mavzu yuzasidan «Real Madrid» klubi futbolchilari qanday fikr bildirshgani bilan qiziqdik.

Karim Benzema

Messi nafaqat, «Barselona» balki Ispaniya futbolining yuragi hisoblanadi. U Argentina va Ispaniya futbolining afsonasi va chinakam yulduz! Agar u «La Liga»dan ketsa, bu chempionatga bo‘lgan qiziqishni kamaytirib yuboradi.  Uning ketishi birinchi navbatda «El Klassiko»ning obro‘sini tushurib yuboradi. Bu esa, o‘z navbatida Ispaniya chempionatining saviyasiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Ronalduning ketishi Ispaniya chempionatini zerikarli ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, Messining «Barsa»dan ketishi «La Liga»ning darajasini Portugaliya chempionati bilan bir xil ko‘rinishga olib kelib qo‘yadi!

Keylor Navas

Men bunga ishonmayman, uning «Barsa»dan ketishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Agarda, bu ish amalga oshadigan bo‘lsa,bu butun Ispaniya uchun yoqimsiz holatlarga olib kelishi turgan gap! U kabi futbolchilar futbol uchun juda kerak va ular kuchli chempionatlarda to‘p surishlari shart!

Zidan

Men raqib jamoaning o‘yinchisini muhokama qilmoqchi emasman, ammo shuni tan olib aytish kerak-ki, uning borligi bizni o‘z ustimizda ko‘proq ishlashga majbur qiladi!

Serhio Ramos

U qayerga ketadi? (kuladi) Uning terma jamoasidagi natijalariga e’tibor bering! U «Barselona» uchun yaratilgan va aynan shu klub uning to‘liq imkoniyatlarini ochib bera oladi deb hisoblayman. To‘g‘ri, u kuchli futbolchi men buni bir necha bor tan olganman. Shunday bo‘lsada, uning boshqa chempionatda qanday to‘p surishi kishini qiziqtirib qo‘yadi! Agar u ketadigan bo‘lsa, «Barselona» qanday turnir bo‘lishidan qat’iy nazar fovorit nomi bilan maydonga tusha olmaydi. U shunchaki, o‘rtamiyona klub bo‘lib qoladi, xolos! «Barsa» va Messi bir-biriga juda muhtoj va uzluksiz bog‘liq! Agarda, Messi boshqa klubga o‘tib ketsa, bu uning ulkan xatosi sifatida tarixga kiradi!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 16:48, 12.05.2019.
O'qildi: 24271 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.