Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Liverpul» futbolchilari qancha maosh olishadi?!

«Liverpul» futbolchilari qancha maosh olishadi?!

Baho:
+ | -

"Liverpul" futbolchilarining maoshi borasida ko‘pchilikda har-xil savollar paydo bo‘layotgan yedi. Bugun shu mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz!

Alisson Bekker

Braziliyalik darvozabon uchun klub «Roma»ga 62 500 000 yevro to‘lagan va ajoyib darvozabonni qo‘lga kiritgan edi. Hozirda uning maoshi haftasiga 135 000 yevroni tashkil etadi. Bu yiliga 7 000 000 yevro degani!

Trend Aleksandr Arnold

Yosh bo‘lishiga qaramasdan klubning asosiy tarkibiga kirishga muvaffaq bo‘lgan futbolchi 6 yildan beri «Liverpul» akademiyasida tahsil olibb so‘ng asosiy tarkibga qo‘shildi. Uning o‘yinlari ko‘plab mutaxassislarda katta qiziqsh uyg‘otmoqda. Uning haftalik maoshi 56 500 yevro bo‘libb bu yiliga 3 000 000 degani!

Robertson

2017-yilda 9 000 000 yevroga harid qilingan futbolchi jarohatlangan Alberto Morenoning o‘rnini egallashi kerak edi. Buni qarangki, shotlandiyalik futbolchi Morenoni asosiy tarkibdan siqib chiqardi va jamoaning ajralmas bo‘lagiga aylandi! Klopp Robertsonning maoshini jamoadoshi Trendniki bilan bir xil ko‘rinishida bo‘lishini talab qilgan ekan. U bu ishi bilan ikki yigitchaning o‘zaro aloqalarini mustahkamlashini ko‘zlagan bo‘lsa, ajab emas!

Deyan Lovren, Joel Matip

Xorvatiyalik himoyachi 4 yildan beri klub sharafini himyoa qilib kelmoqda. U «Liverpul» safida 150 dan oshiqroq uchrashuvlarda ishtirok etishga ulgurdi. Lovren «Liverpul»da haftasiga 101 000 yevro maosh oladi. Uning yillik daromadi esa 5 300 000 yevroni tashkil etmoqda!

Virjil Van Deyk

Dunyoning eng qimmat himoyachisi sanaladigan Virjil bu mavsumni fantastik darajada o‘tkazmoqda! Uning uchun «Liverpul» 85 000 000 yevrodan voz kechgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Gollandiyalik futbolchi klubda eng ko‘p maosh oluvchilar orasida 3- pog‘onani zabt etgan va uning haftalik maoshi 169 000 yevro bo‘lib, bu yiliga 8 800 000 yevro degani! Uning ko‘rsatayotgan o‘yini bundan ham ko‘prog‘iga loyiq desak, adashmagan bo‘lamiz.

Sherdan Shakiri, Jorjino Veynaldum

Kloppning zahiradigi Joker kartasi sanaladigan futbolchi uchun «Liverpul» «Stok Siti» uchun 15 000 000 yevro to‘ladi va futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi! Bir qarashda mantiqsiz ko‘ringan harid o‘zini oqladi va Shakiri tobora  klubda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda! Uning maoshi haftasiga 101 500 ming va bu yiliga 5 000 000 yevro degani!

Jordan Henderson, Fabino

Jamoa sardori boshqa klublardagi sardorlarga nisbatan anchagina kamtarona maosh olishidan xabaringiz bo‘lmasa kerak. Uning yillik maoshi 6 000 000 yevro bo‘lib, qahramonimiz haftasiga 113 000 yevro maoshni qo‘lga kiritadi.

Sadio Mane

Senegal terma jamaosi hujumchisining maoshi uning maydondagi foydasi bilan solishtirganda juda past to‘lanadigandek ko‘rinishi mumkin. Uning haftalik daromadi 101 000 yevroni tashkil etadi. Yiliga 5 300 000 yevroni qo‘lga kiritadigan futbolchi ko‘plab hamkasblarining so‘zlariga parvo qilmagancha, o‘z maoshidan rozi bo‘lib to‘p surmoqda. Uning transfermarketdagi narxi 100 millionga yaqinlashib qolganini hisobga olsak, bu maosh juda va juda kamdek tuyulaveradi. Sababi, uning jamoadoshi Daniyel Staridj yiliga 7 000 000 yevroni maydonga tushmasa ham qo‘lga kiritmoqda!

Roberto Firmino

Braziliyalik futbolchi klub safiga bundan 4 yil ilgari 41 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida klubda o‘z o‘rnini topib olgan futbolchining maoshi 203 000 yevro bo‘lib, yiliga 10 500 ming yevroni tashkil qilmoqda. Firmino bu maoshni qo‘lidan kelgancha oqlashga harakat qilmoqda.

Muhammad Salah

«Liverpul»ning bosh yulduzi «Roma»dan 42 million yevroga harid qilingan bo‘lsa, hozirda u 150 million atrofida baholanmoqda. Uning maoshi ham o‘z imidji singari klubda eng balandi hisoblanadi. U bir yilda 12 000 000 yevro ishlab topadi. Haftalik maoshi esa, 226 000 yevro bo‘lib, futbolchi bu pulni ortig‘i bilan halollab olmoqda desak, adashmagan bo‘lamiz!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 17:39, 14.05.2019.
O'qildi: 12483 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.