Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Tomas Bax taekvondo bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyuradi

Tomas Bax taekvondo bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

18 may kuni bo‘ladigan bellashuvlarning eng asosiy tomoshabini Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bo‘ladi. XOQ prezidenti 18 may kuni Manchester shahriga tashrif buyuradi va o‘sha kungi bellashuvlarni bevosita arenadan tomosha qiladi.

Bu yilgi jahon chempionati katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Musobaqada 150 mamlakatdan 975 sportchi ro‘yxatdan o‘tgan. Qolaversa, bellashuvlar 4D kameralar orqali translyasiya qilinmoqda. Bu esa janglarni 360 gradusdan tomosha qilish imkoniyatini yaratadi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rahbari musobaqaga tashrif buyurar ekan, xulosa qilish mumkin, katta ehtimolda o‘sha kungi g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi. Jahon chempionatining relgamentiga ko‘ra, 18 may kuni ishtiroki 17 may sanasiga belgilangan sportchilarning final janglari va ularni taqdirlash marosimi bo‘ladi. Taqvimga nazar tashlasak, 17 may kuni vakillarimizdan Madinabonu Mannopova (-49 kg), Zariya Qosimova (-57 kg) va Nikita Rafalovich (-74 kg) bahslarga kirishadi. Vakillarimiz shohsupaga ko‘tarilishsa, 18 may kuni Tomas Bax tomonidan taqdirlanishlari mumkin. Umid qilamizki, shunday bo‘ladi ham.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:41, 16.05.2019.
O'qildi: 1959 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик