Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 01:30 Kolumbiya 4-0 Chili
16/10 04:00 Paragvay 2-1 Venesuela
16/10 04:30 Urugvay 0-0 Ekvador
16/10 05:00 Argentina 6-0 Boliviya
16/10 05:45 Braziliya 4-0 Peru
19/10 00:00 Alaves - Valyadolid

«Barselona» super yulduzini sotib yuboradimi?

«Barselona» super yulduzini sotib yuboradimi?

Baho:
+ | -

Transfer oynasi ochilishiga oz vaqt qolgani sari klublar faollik bilan o‘zlari uchun mos bo‘lgan futbolchilarni qidirishga tushib ketishdi. Bugun e’tiboringizga amalga oshishi kutilayotgan eng shov-shuvli transferlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Fellipe Koutinyo :«PSJ» yoki «Manchester Yunayted»

Darhaqiqat, «Barselona» braziliyalik futbolchining narxi tushib ketishidan avvalroq uni sotib yuborish payida. Ayni damda unga potensial haridor topish klubga  qiyinchilik tug‘dirmayapti. Sababi, Koutinyoning Katoloniyadagi omadsiz mavsumlariga qaramasdan uning iqtidoriga hech kim shubha qilmayapti. «Marca» nashrining habar berishicha hozirda «PSJ» bu transferni amalga oshirishga yaqin turibdi. Boz ustiga, shu kunlarda Kotaloniyada bo‘lgan Neymar, vatandoshini Parijga ko‘chib o‘tishga undagani haqida ham faktlar mavjud. Agarda bu transfer amalga oshsa «PSJ»dagi braziliyalik futbolchilar soni 5 taga yetadi!

Keylor Navas «Real Madrid»ga kerak emas!

O‘zining ajoyib o‘yinlari bilan «Real Madrid»ning tarixiy g‘alabalariga munosib hissa qo‘shgan darvozabon qanchalar kuchli futbol namoyish etmasin, baribir klubdan ketadigan bo‘ldi. Gap shundaki, Perez Kurtua uchun anchagina pul sarflagan va bu pullarni to‘liq oqlash maqsadida unga yana bir mavsum o‘ynash uchun imkoniyat beriladi. Jamoaning ikkinchi darvozaboni sifatida Zidan o‘z o‘glini ko‘rsatmoqda. O‘z-o‘zidan Keylor Navas klub uchun keraksiz o‘yinchiga aylanib qolmoqda. «Tuttosport» nashrining xabar berishicha darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Roma» klubi kurashga qo‘shilgan va Keylorga asosiy tarkibda joyni va’da qilgan. Transferning qiymati 10 million atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda!

Suarez endi «Barselona»ga kerak emas!

YECHLdagi mag‘lubiyatdan so‘ng «Barsa» o‘zi uchun ijobiy xulosalar chiqardi va birin ketin yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishda davom etmoqda. Gollandiyalik ikki yigitcha, Grizmann kelgani yetmaganidek, klub «Arsenal» hujumchisi Lyagazettni harid qilmoqchi. Hujumchi tezkor va «Barselona»ning o‘yin falsafasiga tezda ko‘nikib ketishi mumkin. Bundan tashqari, klub futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun Luis Suarezni ham qo‘shib berishlari mumkin deya xabar bermoqda «Mundo Deportivo» nashri. Shuningdek, «Arsenal» ham Suarezni tarkibiga qo‘shib olishga qarshi emas. Bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa «Arsenal» yaxshigana pul ishlab olishi mumkin!

Miralim Pyanich

«Yuventus» klubi yozda 3 ta futbolchini sotishi haqida o‘z saytida xabar berganini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu ro‘yxatda: Barzali, Dibala, Piyanich o‘rin olgan. Eng qizig‘I shundaki, maydon markazida ajoyib o‘yinlari bilan hammaning e’tiboriga tushgan Pyanichning nima uchun sotib yuborilishi tushunarsiz. Shunga qaramasdan futbolchi bundan hech narsa yutkazmaydi. Unga hozirda «Manchester Siti» va «Real Madrid» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Mundo Deportivo» nashrining xabar berishicha, «Qaymoqranglilar» Pogba bilan kelisha olmayapti. Fransuz juda katta maosh so‘ramoqda va o‘z shartlarini klub oldiga qalashtirib tashlagan! «Real Madrid» Pogba variyantidan voz kechgan holdan markazga Pyanichni olib kelmoqchi. Shunda ular kattagina miqdordagi pulni tejab qolgan bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:14, 16.05.2019.
O'qildi: 22156 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.