Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!»

«Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan poytaxt yoshlarini sport qiziqtirish maqsadida “Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!” loyihasi amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra yuqori natijalarga erishgan, professional sport yulduzlari kutilmaganda ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashadilar.

Joriy yilning yanvar oyida loyihaning ilk ishtirokchi-mehmoni - boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Fazliddin G‘oibnazarov Olmazor tumanidagi 224-maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashgan edi.

Keyinchalik yana bir qator mashhur sportchilarimiz mazkur loyihada ishtirok etishdi. Shuningdek, 5 may kuni “Ekopark” hududida “Sport yulduzlari poytaxt yoshlari bilan” shiori ostida ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.

Kecha, 16 may kuni Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, professional boksda “WBA InterContinental” kamari sohibi Murodjon Axmadaliyev hamda jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati g‘olibi, professional boksda “NABF Junior” titul kamari sohibi Bahodir Jalolov Uchtepa tumanidagi 74-maktabga tashrif buyurishdi.

Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda chempionlarimiz yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. Sportning foydali jihatlarini o‘z misolida isbotlab bergan mahoratli bokschilarimiz, o‘g‘il-qizlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini ham berishdi.

Tadbirga shuningdek, tumandagi sport seksiyalari tarbiyalanuvchilari taklif etilib, ular tengdoshlariga o‘z mahoratlarini va erishgan natijalarini namoyish etishdi.

Ushbu loyiha ham Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan biri bo‘lgan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan.

Manba: Minsport
Kiritildi: 11:41, 17.05.2019.
O'qildi: 2256 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик