Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Chimkent - Toshkent xalqaro do‘stlik velomarafoni o‘tkazildi

Chimkent - Toshkent xalqaro do‘stlik velomarafoni o‘tkazildi

Baho:
+ | -

2019 yil O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili” deb e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaqinlashtirdi.

Bu sport sohasidagi hamkorlikda ham o‘z aksini topmoqda.  Qardosh Qozog‘iston “Astana” velojamoasi kabi bu sport turida dunyoda yetakchi hisoblanadigan brendga ega bo‘lsa, O‘zbekistonda velosport so‘nggi yillarda o‘zining avvalgi – yuqori mavqeiga qaytmoqda. Hamyurtlarimiz xalqaro musobaqalarda yutuqlarga erishishdan tashqari Vatanimiz ko‘plab yirik musobaqalarga mezbonlik qilmoqda.

30 mart kuni Chimkent – Toshkent xalqaro do‘stlik marafoni o‘tkazildi. 250 nafarga yaqin turli mamlakat vakillari 130 km masofani bosib o‘tishlari kerak edi. Bunda ikki mamlakat IIV tomonidan marafon ishtirokchilariga o‘ziga xos “Yashil yo‘lak” tayyorlab berildi va sportchilar poytaxtimizdagi Qozog‘iston Respublikasi elchixonasigacha bo‘lgan masofani muammolarsiz bosib o‘tishdi.

Yakunda qozog‘istonlik Aleksey Sidorenko marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Uni finish atrofida ja’m bo‘lgan ko‘plab muxlislar olqishlar bilan kutib olishdi. Kunning ikkinchi ko‘rsatkichi angliyalik Metyu Rayt tomonidan qayd etilgan bo‘lsa uchinchi o‘rin hamyurtimiz Shohrux Yunusovga nasib etdi.  Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muhtor elchisi Darxan Satibaldi UzReport TV telekanaliga bergan intervyuda quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan.

 -O‘tgan yili Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili” bo‘lganini yaxshi eslaysiz. O‘shanda ilk velomarafon o‘tkazilgandi. Bu Qozog‘istonda ham, O‘zbekistonda ham iliq qarshi olindi. Ham havaskor, ham professional sportchilar unda ishtirok etish ishtiyoqini bildirishdi. Bu yil O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili” deb e’lon etilishi ularga bunday imkoniyatni yana bir bor tuhfa etdi. Bu qadamlar ikki mamlakat velosporti o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanishida muhim rol o‘ynashini yaxshi bilamiz. Qozog‘iston elchixonasi bu yo‘nalishda har qanday ko‘makka tayyor, - deb ta’kidladi  elchi.

Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Velosiped sporti federasiyasi vakillari bundan keyin ham ushbu marafonni doimiy tarzda o‘tkazish maqsadida ekanliklarini yashirishmadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining so‘nggi kunlarida yurtimiz Veloshosse bo‘yicha qit’amizdagi eng yirik musobaqa – Osiyo chempionatini mezbon sifatida qabul qiladi.

Manba: Uzreport
Kiritildi: 00:55, 19.05.2019.
O'qildi: 2143 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.