Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 23:00 Ash-Shorta 3-2 Duhayl
16/02 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 21:00 As-Sadd - Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa - Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy - Yuventus
18/02 01:00 Benfika - Real Madrid
18/02 01:00 Monako - PSJ
18/02 01:00 Borussiya D - Atalanta

Yana bir velosportchimiz Qozog‘istondagi musobaqada kumush medalini qo‘lga kiritdi

Yana bir velosportchimiz Qozog‘istondagi musobaqada kumush medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning Nur-Sultan shahri velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha “Silk Way Series Astana” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qildi. Mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilgani uchun ham unda dunyoning 16 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishdi.

Musobaqa doirasida hamyurtimiz Murodjon Xolmuratov shaxsiy ochkolar poygasida kumush medali bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik. Kecha o‘tkazilgan skretch yo‘nalishida terma jamoamizning boshqa bir vakili Andrey Izmaylov ham kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Jami 15 kilometr masofaga o‘tkazilgan bellashuvda ispaniyalik Illart Zauzubiskart marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Bronza medali esa xitoylik Pingan Shenga nasib etdi.
Ushbu natija sportchimizga Tokio Olimpiadasi uchun 90 reyting ochkosini ham taqdim qildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:39, 20.05.2019.
O'qildi: 1371 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.