Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Og‘ir atletikachilarimizning Tokio Olimpiadasi uchun reytingdagi o‘rni bilan tanishing

Og‘ir atletikachilarimizning Tokio Olimpiadasi uchun reytingdagi o‘rni bilan tanishing

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yaponiya poytaxti mezbonlik qiladigan navbatdagi Olimpiya o‘yinlariga ham kun sayin yaqinlashib bormoqdamiz. Sportchilar uchun o‘tayotgan har bir kun g‘animat. Zero, ko‘plab sport turlarida Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun reyting ochkolarini yig‘ish bo‘yicha o‘ziga xos poyga kechmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi navbati bilan reyting asosida yo‘llanma beriladigan sport turlari bo‘yicha hamyurtlarimizning holati haqida sizlarga ma’lum qilib boradi. Ayni paytda og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz vakillarining Olimpiada reytingidagi o‘rni haqida ma’lum qilamiz:

Erkaklar:
-61 kg:
1. Fabin Li (Xitoy) – 2176 ochko (312 kg)
6. Adhamjon Ergashev – 1835 ochko (293 kg) (yo‘llanma zonasida)

-67 kg:
1. Liyu Chen (Xitoy) – 2301 ochko (339 kg)
7. Doston Yoqubov – 1858 ochko (319 kg) (yo‘llanma zonasida)
8. Adhamjon Ergashev – 1835 ochko (316 kg) (yo‘llanma zonasida)

-73 kg:
1. Chjiyon Shi (Xitoy) – 2485 ochko (362 kg)
12. Doston Yoqubov – 1858 ochko (326 kg) (yo‘llanma zonasida emas)

-81 kg:
1. Dayin Li (Xitoy) – 2258 ochko (375 kg)
. . .

-96 kg:
1. Tao Tiyan (Xitoy) – 2255 ochko (407 kg)
19. Sunnatilla O‘sarov – 1510 ochko (346 kg) (yo‘llanma zonasida emas)

-109 kg:
1. Simon Martirasyan (Armaniston) – 2323 ochko (435 kg)
3. Akbar Jo‘rayev – 1916 ochko (410 kg) (yo‘llanma zonasida)

+109 kg:
1. Lasha Talaxadze (Gruziya) – 2593 ochko (478 kg)
. . .

Ayollar: 
-55 kg:
1. Suyun Liyao (Xitoy) – 2200 ochko (224 kg)
4. Muattar Nabiyeva – 1801 ochko (212 kg) (yo‘llanma zonasida)

Izoh:
1. Ro‘yxatda yo‘llanma zonasiga yaqin sportchilarimiz nomi keltirib o‘tilgan
2. Reglamentga ko‘ra, Tokio Olimpiadasida har bir vaznda 14 nafar atlet ishtirok etishi belgilangan. Ushbu reytingda kuchli sakkizlikdan joy olgan sportchilar to‘ridan to‘g‘ri lisenziya egasiga aylansa, qolgan 6 kvota qo‘shimcha ko‘rsatkichlar asosida taqsimlanadi.
3. Bir sportchi Olimpiada saralashida turli vazn toifalarida ishtirok etishi va yo‘llanma olishi mumkin. Biroq yakunda qaysi yo‘nalishda ro‘yxatdan o‘tishini milliy federasiya va MOQ tanlaydi
4. Har bir terma jamoa erkaklar va ayollar o‘rtasida 4 tadan, jami 8 ta kvota olishi mumkin. Olimpiya vazn toifalari esa 7 tadan. Aytaylik, agar bir terma jamoaning 4 nafardan ko‘proq ishtirokchisi yo‘llanma olsa, bu holatda ham qaysi vazn toifasidagi atlet Olimpiadada ishtirok etishini milliy federasiya va MOQ tanlash huquqiga ega.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:57, 22.05.2019.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.