Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Jahon chempionlari ring sirlarini oshkor etdilar

Jahon chempionlari ring sirlarini oshkor etdilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, O‘zbekiston boks federasiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamkorlikda Uchtepa tumanida joylashgan Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtalim maktabida sport aksiyasi o‘tkazildi.



Tadbirning birinchi qismida maktabning 300 nafar o‘quvchisi ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” JTSJ harbiy xizmatchilari Muzaffar Yusupov va Bahodir Jalolov, O‘zbekiston boks federasiyasi sportchilari Shahram G‘iyosov va Murodjon Axmadaliyev bilan brifing tashkil etildi. Brifingda o‘quvchilar bugungi kunda boksda professional faoliyatini olib borayotgan charmqo‘lqop ustalarining muvaffaqiyatga erishish sirlari, sportchining kun tartibi – taym menejmentga amal qilishi, kunlik mashqlari, ring psixologiyasi, katta sportda adolatsizlik va mag‘lubiyat, inson irodasi hamda taktik haraktlarda aqlning kuchi, 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiada, Jahon chempionatidagi uchrashuvlar va Uzbek Tigers faoliyati haqidagi o‘zini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


 
Shu bilan birga, brifing yakunida Institut rahbariyati sportchilarga yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb qilish hamda O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnomalar taqdim etgach, yengil atletika sport turi bo‘yicha maktab musobaqasida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga chempionlarimiz tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.



Tadbirning ikkinchi qismida esa, maktabda “Qo‘l jangi”, “Kik boks”, “Karate”, “Tekvando”, “Kurash” sport to‘garaklariga boradigan o‘quvchilarga bokschilarimiz tomonidan “Boks” va “Dzyudo” seksiyalari bo‘yicha mahorat darslari olib borildi. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad esa sportning olimpiya turlarini targ‘ib qilishdan iboratdir.

Kiritildi: 12:03, 23.05.2019.
O'qildi: 2775 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.