Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Men hujumkor futbolni yaxshi ko‘raman va individual mahoratga ega futbolchilarni qadrlayman»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Men hujumkor futbolni yaxshi ko‘raman va individual mahoratga ega futbolchilarni qadrlayman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Namangandagi “Markaziy” stadionda Berlin U-18 jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Genri Renosh ishtirok etdi. 

"Avvalambor, o‘yin juda chiroyli va mazmunli o‘tganini aytib o‘tmoqchiman. Biz o‘yin davomida to‘pni nazorat qilishga harakat qildik, lekin o‘zbekistonlik futbolchilar bunga imkon berishmadi. Ular tezlik bilan bizdan to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi. Andijondagi o‘yinda asosiy e’tiborni himoyaga qaratgandik. Bu safar esa ochiq o‘yin namoyish qildik. Shu sababli ham mag‘lubiyatga uchradik, deb o‘ylayman. 

Men stadionga kelgan muxlislarga ham alohida minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Ular ajoyib muhitni yuzaga keltirishdi. O‘yin davomida nafaqat O‘zbekiston terma jamoasini, balki bizni ham faol ravishda qo‘llab-quvvatlab turishdi. Buning uchun ularga rahmat aytmoqchiman", - dedi Genri Renosh.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda, o‘yin davomida stadionni to‘ldirib o‘tirgan namanganlik muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bunaqa muhitda har qanday jamoa mazza qilib futbol o‘ynaydi. Bugun natijadan ko‘nglim to‘ldi, lekin o‘yinimizni kuchaytirish borasida hali qiladigan ishlarimiz borligi aniq. Raqib bizga o‘ynashga imkon berdi, biz ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Ko‘p vaziyatlardan unumli foydalan olmadik. 

Men o‘zim hujumkor futbolni yaxshi ko‘raman va individual mahoratga ega futbolchilarni qadrlayman. Jamoaviy o‘yindan tashqari, uchinchi zona - raqib jarima maydonchasi atrofida erkin harakat qiladigan, kreativ qarorlar qabul qiladigan futbolchilarni tarkibga jalb qilishga harakat qilaman. Ba’zi o‘yinlarda raqib jamoaviy o‘yin ko‘rsatish imkoniyatini bermaydi, barcha chiziqlarni yopib qo‘yadi. Shunda katta sahnaga individual mahoratga ega futbolchilar chiqadi. Bunga jahon futbolida ham misollar ko‘p. 

Mening maqsadim hozirda tarkibda bo‘lgan futbolchilar o‘sishda davom etib, keyinchalik Olimpiya va Milliy terma jamoalarida to‘p surishlarini ko‘rish. Bugungi o‘yinda o‘zini ko‘rsatgan Ruslan Roziyev, Hojimat Erkinov kabi futbolchilarning salohiyati yuqori. Ular shu tariqa o‘ynashda davom etsa, kelajakda kuchli futbolchi bo‘lib yetishadi. Umuman olganda, tarkibdagi barcha futbolchilarda salohiyat katta, deb hisoblayman", - dedi Otabek G‘ulomxo‘jayev.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:59, 24.05.2019.
O'qildi: 2005 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.