Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Sovrinsiz o‘tgan minglab kunlar…

Sovrinsiz o‘tgan minglab kunlar…

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UZOQ VAQTDAN BUYON SOVRINSIZ QOLAYOTGAN GRAND KLUBLAR. Bu yil, aniqrog‘i, 1 iyun kuni «Tottenxem» yoki «Liverpul» muxlislari uchun sovrin kutib kun sanash xotima topadi. Ya’ni CHL kubogi - «shalpangquloq» ikki klubdan birining fanatlari uchun uzoq kutilgan sovrin bo‘ladi. Ikkinchi tomon esa kutishda davom etadi chorasiz holda. Diqqat qiling, shu yil fevralda «Tottenxem»ning sovrinsiz o‘tgan vaqti 4000 (!) kunga yetdi. Demakki, hozir bu sanoq 4100ga yaqinlashib qoldi. «Liverpul» esa 2600 kundan oshdiki, biror sovringa yetisholmayapti. Xo‘sh, yana qaysi nomdor jamoalar muxlislari minglab kechayu kunduzdan buyon sovringa ilhaqlar? Soccer.ru saytining quyidagi maqolasi shu haqda.

 

«TOTTENXEM» (Angliya) - 4000 kundan ko‘p

Oxirgi sovrini: Angliya Liga kubogi

Sana: 2008 yil 24 fevral

Ha, bir tomondan «shporlar» muxlislari armiyasi sabriga qoyil. Agar bundan 11 yil muqaddam bo‘lib o‘tgan Liga kubogi finalining ertasidan sanasak, «Tottenxem» naq 4000 kundan oshdiki, sovrinsiz yashamoqda. «Taqachilar» fevral oyiga to‘g‘ri kelgan Liga kubogining o‘sha finalida «Chelsi»dan ustun kelishgandi - 2:1. O‘yinning asosiy vaqtida tomonlar 1tadan gol urishdi («Chelsi»dan Didye Drogba, «Tottenxem»dan Dimitar Berbatov). «Overtaym» boshida esa Jonatan Vudgeyt g‘alaba goliga mualliflik qildi. «Tottenxem» shundan buyon yana ikki marta Liga kubogi finaliga chiqdi, ammo oxirgi qadami muvaffaqiyatli chiqmadi. Xususan, londonliklar 2009 yili «MYU» bilan tengma-teng kurashib, faqat penaltilar seriyasida omadsizlikka yo‘liqishdi. 2015 yili esa «Tottenxem» Liga kubogi finalida yana «qadrdon» raqibi «Chelsi»ga duch keldi va «ko‘klar» bu safar 2008 yilgi mag‘lubiyat uchun revansh olish barobarida  Maurisio Pochettinoni murabbiylik faoliyatida ilk bora sovrindor bo‘lish imkoniyatidan mahrum etishdi. Ehtimol, CHL-2018|2019 kubogi - «shalpangquloq» argentinalik mutaxassis uchun debocha sovrin bo‘lar, ammo Yurgen Klopp va «Liverpul» ham zafar onlariga ilhaq ekanligi aniq...  

 

 «VALENSIYA» (Ispaniya) - 4000 kundan ko‘p

Oxirgi sovrini: Ispaniya kubogi

Sana: 2008 yil 16 aprel

«Valensiya» XXI asrda Ispaniyada ikki bora chempionlikka erishishdan tashqari, UYEFA kubogini yutdi, 1999|2000 va 2000|2001 yillar mavsumlarida CHL finalida o‘ynadi. Lekin bugunga kelib, «Los Ches»ning sov-rinsiz seriyasi 10 yildan oshdi. Kun hisobidan aytsak, «ko‘rshapalaklar» 4000 sutkadan ko‘p vaqtdan buyon sov-rinsiz yashamoqdalar. Qisqasi, «Valensiya»ning oxirgi sovrini - Ispaniya billur kubogi bo‘lib, u mavsum-2007|2008da rasmiylashtirilgandi. O‘shanda «ko‘rshapalaklar» final yo‘lida «Atletiko» va «Barselona» kabi grandlarni chetga surib, hal qiluvchi bahsda «Xetafe»dan ustun kelishgan - 3:1. Aytish joiz, jamoa tarkibida David Vilya, David Silva, Raul Albiol va Xuan Mata to‘p surishardi, maydon markazida esa afsonaviy Karlos Marchena va Ruben Baraxani ko‘rish mumkin edi. Ehtimol, «Valensiya» ham tez orada sovrin kutib charchagan muxlislarini yana «Qirol kubogi»dagi zafar bilan siylar... Biroq bu oson emas. Zero, jamoa 25 may kuniga belgilangan finalda CHLning yakuniy o‘yinidan chetda qolgan alamzada «Barselona» bilan kuch sinashadi.

 

«ROMA» (Italiya) - 4000 kundan ko‘p

Oxirgi sovrini: Italiya kubogi

Sana: 2008 yil 24 may

Sovrin bobidagi «qurg‘oqchilik» bo‘yicha 4000 kun|tun marrasiga yetgan yana bir nomdor jamoa. «Roma» «A» seriyada o‘zini sira ko‘rsatolmayapti, CHLda esa raqobat naqadar balandligi hammaga ma’lum. «Bo‘rilar» muzeyiga qo‘shilgan oxirgi sovrin - bu Italiya kubogi. Ammo billur sovrinning «Roma»ga tutqich bermay qo‘yganiga ham ko‘p bo‘ldi. O‘sha vaqt jamoa boshqaruvida Luchano Spallettidek tajribali murabbiy ishlardi, tarkibda Kristian Panuchchi va Franchesko Tottidek jonkuyar futbolchilar to‘p surishardi. To‘g‘ri, «Rim shahzodasi» jarohat tufayli final uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. Muhimi, rimliklar chin yetakchining yo‘qligiga qaramay, Roberto Manchini shakllantirgan «Inter»ni yengish uddasidan chiqishgan. 2:1 hisobida yakunlangan bahsda «Roma» gollariga Filipp Mekses va Diyego Perrotti mualliflik qilishgandi.

 

«INTER» (Italiya) - 2900 kundan ko‘p

Oxirgi sovrini: Italiya kubogi

Sana: 2011 yil 29 may

2005-2010 yillar oralig‘i Milan jamoasi uchun mo‘’jizaviy tarzda juda unumdor keldi. «Inter» xususan, Joze Mourinyo boshqaruvida ajib «trebl» qayd etdi, keyin shu zafar inersiyasi ta’siridami, Rafael Benites rahbarligida Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchdi. «Neradzurralar» uchun hamon oxirgisi bo‘lib turgan sovrinni esa «Milan»ning ayni vaqtdagi sport direktori Leonardo ta’minladi. «Palermo»ga qarshi kechgan finalda Samuel Eto~O «dubl»ga erishgan bo‘lsa, Diyego Milito 1ta gol urgandi. Eh, o‘sha damlar... Shunga ham 8 yil bo‘libdi-ya...

«LIVERPUL» (Angliya) - 2600 kundan ko‘p

Oxirgi sovrini: Angliya Liga kubogi

Sana: 2012 yil 26 fevral

«Liverpul»dek buyuk klub 7 yildan buyon biror sov-ringa yetisholmay halak. Mana, bu yil ham APLdagi chempionlik poygasining finishi o‘xshamadi. «Qizillar» fanatlariga tinchlik bermayotgan yana bir yoqimsiz raqam bor - jamoaning Angliyada chempion bo‘lganiga 10600 kundan oshdi. Eh, bu hisobga kamida yana 365 kun qo‘shiladi. «Liverpul» ham oxirgi marta xuddi «Tottenxem» kabi Angliya Liga kubogida zafar quchgandi. «Qizillar» oliy toifaga kirmaydigan kubokni Kenni Dalglish boshqaruvida qo‘lga olishdi. Darvoqe, u vaqtida mersisaydliklarni murabbiy rolida 3 bora chempionlik sari yetaklagandi. Liga kubogi-2011|2012ga kelsak, «Liverpul» finalda kamtarin «Kardiff Siti» bilan to‘qnash kelgan bo‘lsada, asosiy vaqtda g‘alabani rasmiylashtirolmadi va faqat penaltilar seriyasida omadliroq chiqdi. Jamoa keyingi 7 yil davomida ko‘plab turnirlar (APL, Angliya kubogi, Liga kubogi, YECHL va YEL)da ikkinchi bo‘ldi, ammo biror sovringa erisholmadi.  

 

«LION» (Fransiya) - 2400 kundan ko‘p

Oxirgi sovrini: Fransiya superkubogi

Sana: 2012 yil 28 iyul

Fransiya chempionatining yangi asr boshidagi chinakam «gegemon» klubi mavsum-2007|2008da 7 yilga cho‘zilgan chempionlik seriyasini to‘xtatishdan o‘zga chora topolmadi. «To‘quvchilar» shu-shu ortga chekina boshlashdi. Har holda, «Lion» ortda qolgan 11 yil oralig‘ida atigi 2ta sovrin yutdi, xolos. E’tiborlisi, har ikkisi (Fransiya kubogi va superkubogi) ham 2012 yili rasmiylashtirilgandi. Mamlakat kubogi finali aprel oyida notanish «Keviyi» klubiga qarshi kechdi va lionliklar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi. Superkubok uchun kurash esa penaltilar seriyasiga qadar davom etdi va yakunda amaldagi chempion - «Monpelye» 2:4 hisobida dog‘da qoldirildi. «To‘quvchilar» shundan buyon sovringa yaqinlasholmayaptilar...

 

«KRASNODAR» (Rossiya) - deyarli 4100 kun

Rossiya elit divizionining oxirgi yillardagi eng barqaror klublaridan biri - «Krasnodar» hali biror jiddiy sovrin yuzini ko‘rgani yo‘q. Ma’lumot uchun aytish kerak, «buqalar» jamoasi o‘z faoliyatini rasman 2008 yilning 22 fevral kuni boshlagandi. Xullas, «Krasnodar» uyqusiz tunlar misoli sovrinsizlik bobida «Totenxem», «Valensiya» va «Roma» bilan bir qatorda. Hattoki, kun hisobiga ulardan biroz oldinda ham!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:15, 24.05.2019.
O'qildi: 2696 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.