Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Turkiya O‘zbekistonga qarshi kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

Turkiya O‘zbekistonga qarshi kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

2 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi...

Avval xabar berganimizdek, 2 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.  

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gyunesh Antalya shahrida o‘tkaziladigan mazkur o‘rtoqlik o‘yini, shuningdek Fransiya hamda Islandiya terma jamoalariga qarshi 2020 yilgi Yevropa chempionati saralash bahslariga chaqirilgan 33 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Turklar 30 may kuni Gresiya, 2 iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuvlar orqali Shenol Gyunesh shogirdlari Yevro-2020 saralashi doirasida Fransiya va Islandiyaga qarshi bo‘ladigan muhim o‘yinlarga hozirlik ko‘rishadi.   E’tiborlisi, Gyunesh bo‘lajak o‘yinlarga Turkiya futbolining faxri, 2002 yilgi jahon chempionati sovrindori Emre Belozo‘g‘luni ham kiritgan. 

Turkiya terma jamoasi tarkibi:   

Darvozabonlar: Mert Gyunok (“Istanbul Bashaxshekir”), Go‘khan Oqqon (“Rizespor”), Sinan Bolat (“Antverpen”, Belgiya), Chaqir Ugurchan (“Trabzonspor”);   

Himoyachilar: Mehmed Choliq (“Lill”, Fransiya), Nozim Sangere (“Antalyaspor”), O‘zan Muhammad (“Shtutgart”, Germaniya), Chaglar Suyunchi (“Lester”, Angliya), Kaan Oyxon (“Fortuna”, Germaniya), Merix Demirel (“Sassuolo”, Italiya), Chengiz Meraz (“Bursaspor”), Emre Tashdemir (“Galatasaroy”), Hasan Ali Kaldimir (“Fenerbaxche”);   

Yarim himoyachilar: Abdulqodir O‘mur (“Trabzonspor”), Chengiz Under (“Roma”, Italiya), Deniz Turuch (“Kayserispor”), Takuz Daruxan (“Beshiktosh”), Efejan Karaja (“Alanyaspor”), Emre Belozo‘g‘lu (“Istanbul Bashaxshekir”), Irfan Qahvechi (“Istanbul Bashaxshekir”), Mahmud Takdemir (“Istanbul Bashaxshekir”), O‘g‘uzxon O‘zyakup (“Beshiktosh”), Okay Yokushli (“Selta”, Ispaniya), Ozan To‘fon (“Alanyaspor”), Yunus Mali (“Volfsburg”, Germaniya), Yusuf Yazichi (“Trabzonspor”), Hoqon Cholxono‘g‘lu (“Milan”, Italiya), Umar Shahiner (“Kunyaspor”);   

Hujumchilar: Burak Yilmaz (“Beshiktosh”), Chenk To‘sun (“Everton”, Angliya), Enes Unal (“Valyadolid”, Ispaniya), Guven Yolchin (“Beshiktosh”), Kenan Karaman (“Fortuna”, Germaniya).  Biroq, Ektor Kuper milliy terma jamoamizning FIFA kunlarida bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb etilgan futbolchilari ro‘yxatini e’lon qilgani yo‘q. Ehtimol argentinalik mutaxassis mamlakat superligasining 10-tur o‘yinlarida qaysidir futbolchining yarq etib porlashidan umidvormikan...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:10, 24.05.2019.
O'qildi: 4750 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик