Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Lempard - Terri finali

Lempard - Terri finali

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Angliya Premyer-ligasi yo‘llanmalari taqdiriga oydinlik kirituvchi Chempionship «pley-off» o‘yinlari finalchilari ma’lum bo‘ldi.

Yakuniy uchrashuvda APLga chiqish uchun «Derbi Kaunti» va «Aston Villa» klublari o‘zaro bahs olib boradi. «Derbi» «pley-off» bosqichi yarim finali javob uchrashuvida «Lids»ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Birinchi o‘yinda esa Marselo Byelsa boshqaruvidagi Lids klubi 1:0 hisobida ustun kelgandi. Xullas, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, «Derbi» finalchiga aylandi.

Qayd etish lozim, Marselo Byelsa jamoasi yangi yilni Chempionship yetakchisi sifatida qarshi olgandi. Qisqasi, «Lids» oxirgi 10 yil ichida 25 dekabr kuni turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga olgan va yakunda APL yo‘llanmasidan quruq qolgan ilk klub bo‘ldi. Bunday holat oxirgi marta 2007|2008 yillar mavsumida kuzatilgandi: Rojdestvoni peshqadam sifatida qarshi olgan «Uotford» yakunda chempionatni 6-o‘rinda yakunlagan va «pley-off» bosqichi yarim finalida yirik hisobda yengilgandi. Bundan tashqari, Byelsa shakllantirgan «Lids» oxirgi 9 yil badaliga «pley-off»ning safar o‘yinida g‘alaba qozonib, javob bahsi natijasiga ko‘ra, finalga chiqolmagan ilk jamoa bo‘ldi.

Endi hal qiluvchi o‘yinda «Derbi»ga «Aston Villa» raqiblik qiladi. Birmingemliklar yarim finalda «Vest Bromvich» to‘sig‘idan o‘tishdi (2:1, 0:1 va penaltilar bo‘yicha - 4:3). E’tiborlisi, finalga chiqqan har ikki klub murabbiylar shtabida «Chelsi»ning yaqin o‘tmishdagi yulduzlari faoliyat yuritishmoqda: Frenk Lempard «Derbi»ni mustaqil ravishda boshqarayotgan bo‘lsa, uning uzoq yillik klubdoshi Jon Terri «Aston Villa»da yordamchi murabbiy sanaladi. Ma’lumot uchun aytish kerak, Chempionshipda 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Premyer-ligaga yo‘l oladi, 3-6-pog‘onalarga joylashgan 4ta klub esa 3-yo‘llanma uchun «pley-off» turnirida qatnashadi. Aytgancha, final bahsi 27 may kuniga belgilangan. Demakki, yaqin orada Lempard va Terri Londondagi muhtasham «Uembli» stadionida o‘zaro to‘qnash kelishadi yoxud «Derbi Kaunti» - «Aston Villa» jangi kuzatiladi.

Aytish joiz, «Aston Villa» Angliya yuqori divizionida 28 yil uzluksiz ishtirok etganidan keyin mavsum-2015|2016 yakunida APL bilan xayrlashgandi. «Derbi Kaunti» esa yuqori divizionda oxirgi marta chempionat-2007|2008da ko‘rinish bergan. «Derbi» jamoasi o‘sha mavsum atigi 1ta o‘yinda g‘alaba erishgan va 11 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining oxirgi pog‘onasini band etgandi.

APL-2018|2019 omadsizlari allaqachon ma’lum bo‘ldi - «Kardiff Siti», «Fulxem» va «Xaddersfild». Demak, yuqori divizionda ular o‘rnini «Norvich Siti», «Sheffild Yunayted» hamda «Derbi Kaunti» yoki «Aston Villa» egallaydi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:18, 25.05.2019.
O'qildi: 4471 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.