Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Mbappe va Neymarning munosabati yaxshi emas

Mbappe va Neymarning munosabati yaxshi emas

Baho:
+ | -

«PSJ» hujum chizig‘idagi Neymar – Kilian Mbappe tandemi keyingi mavsumda bo‘lmasligi ehtimoli yuqori, deb xabar tarqatdi Sport.es.

Manbaga ko‘ra, Parij klubining ikki yetakchisi o‘rtasida kelishmovchilik bor. Ziddiyat Neymar jamoadagi yosh o‘yinchilarni tanqid qilgani ortidan boshlangani aytilmoqda.

«Bizda ko‘plab yosh futbolchilar bor. Ular kamroq gapirib, ko‘proq kattalarni eshitishi kerak. Ba’zida tajribaliroq futbolchilar nimadir deya boshlasa, ular e’tirozlarini bildira boshlashadi. Xuddi shunday holat murabbiy bizga nimanidir tushuntirmoqchi bo‘lganida ham takrorlanadi», – degandi Neymar Fransiya kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan keyin.

Ma’lum bo‘lishicha, Mbappe braziliyalikning ushbu so‘zlarini o‘ziga ham qarata aytilgan, deb hisoblamoqda.

Qolaversa, Kilianni olayotgan maoshi ham qoniqtirmayapti – uning oyligi Neymarnikidan taxminan uch barobarga kam. 20 yoshli fransuzning fikricha, u joriy mavsumdagi o‘yinlari va mahsuldorligi bilan jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi darajasida ish haqi olishga loyiqligini isbotlagan.

Shu tariqa, Neymar va Mbappe o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashgani yozda ulardan biri jamoani tark etishi ehtimolini oshiradi.

Avvalroq braziliyalik hujumchi bosh murabbiy Tomas Tuxeldan beruxsat mashg‘ulotlarga kelmagan, undan oldin fransiyalik jamoadoshi klubdan ketishi mumkinligiga ishora qilgan edi.

«Hozir hayotimning juda muhim pallasi. Menimcha, faoliyatimdagi birinchi yoki ikkinchi burilish nuqtasiga yaqinlashyapman. Endi mas’uliyatni yelkamga oladigan payt kelganini his qilyapman. Bu «PSJ»da yoki boshqa joyda, yangi loyihada bo‘lishi mumkin», – degandi Mbappe. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:41, 25.05.2019.
O'qildi: 7332 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.