Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Chelsi» va «Real» Azarning narxi borasida kelishuvga erishishdi

«Chelsi» va «Real» Azarning narxi borasida kelishuvga erishishdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» va «Real» klublari yarim himoyachi Eden Azarning transferi borasida o‘zaro kelishuvga erishishdi. Londonliklar belgiyalik futbolchini 115 mln funt sterling (taxminan 130 mln yevro) narxga sotishga rozi bo‘lishdi.

Avvalroq "Chelsi" Azarni 150 mln. yevrodan kamiga sotmasligini ma’lum qilgandi. Muzokaralardan so‘ng esa "ko‘klar" rahbariyati narxni kamaytirishga rozi bo‘ldi.

«Qirollik klubi» esa Azarga 4 yillik shartnoma va 400 ming funt sterling haftalik maosh taklif qildi. Futbolchining o‘zi esa transfer 4 iyunga qadar amalga oshirilishini istamoqda.

Azarning «Chelsi» bilan shartnomasi 2020 yilning 30 iyun kuni nihoyasiga yetadi. Belgiyalik futbolchi 2012 yildan beri londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Eden ushbu mavsumda jami 51ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol urdi va 16ta golga uzatma berdi.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» 2020 yilning yanvar oyiga qadar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:48, 29.05.2019.
O'qildi: 9509 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик