Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Barselona»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar

«Barselona»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar

Baho:
+ | -

Hozirda Valverdening klubdan ketishi borasida ishonchli manba’alar xabar bermoqda. Darhaqiqat, unig klubda qolishidan ma’ni yo‘q. Xo‘sh uning o‘rnini kim egalaydi? Bu savolga bugun javob izlab ko‘ramiz.

Erik Ten Xag

Gollandiyalik murabbiy  bu mavsumni ajoyib o‘tkazdi va omma e’tiboriga tushdi. Uning o‘yin falsafasi va taktik qarashlari «Barselona»ga ideal mos tushishi turgan gap. Erik vaqtida Xosep Gvardiolaning uslubini o‘rganish maqsadida «Bavariya» klubida faoliyat olib borgani haqida avvalgi maqolalarda keltirib o‘tgan edik. Uning futbolga bo‘lgan qarashi Gvardiolani eslatib yuboradi. «Barselona»ni yangi darajaga ko‘tara olgan Gvardiolani ortga qaytarishning iloji yo‘q ekanligi kundek ravshan. Shunday ekan, uning uslubidan foydalanadigan yangi iqtidor egasiga ishonadigan payt kelmadimikin? Gollandiyalik murabbiy Valverdedan farqli o‘laroq hujumkor va tomoshabop futbol tarafdori! Uning doimo 4-3-3 taktikasidan unumli foydalanishi, «Barselona»ga yanada qo‘l kelishi mumkin. Umuman olganda, Erik ten Xagning  katta klublarda ishlamaganligi  pand berib qo‘ymasa, u «Barselona» uchun yaxshi variyant!

Roberto Martinez

Belgiya terma jamoasi murabbiyi mega yulduzlardan jamoa tuza oldi va 2018-yilda bo‘lib o‘tgan mundialda kichik shov-shuv ko‘tara oldi. Uning super yulduzlarning birortasiga suyanmasdan umumiy jamoa tuza olish qobiliyatiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Boz ustiga, uning hujumkor futbol tarafdori ekanligini unga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi tayin. Muhimi shundaki, murabbiyning o‘zi ham «Barselona»da ishlashni istamoqda. Martinez jamoaga yangi uslub va yangi qon olib kirishi kutilmoqda. Belgiya terma jamoasi ustozi katta turnirlarsiz zerkib qolishdan ko‘ra, o‘z kariyerasining pik nuqtaga olib chiqish imkoniga ega. Ko‘ramiz voqealar rivoji qanday yakuniga yetar ekan.

Kike Setyen

«Real Betis» murabbiyining topqirligi va hujumkor taktikasi ko‘plab futbol mutaxassislarida iliq taa’ssurot qoldirdi. To‘g‘ri, klub ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni qayd eta olmadi, biroq «Real Betis»ning moliyaviy ahvolini inobatga olsak, bu ajoyib natija. Kike Setan va uning shogirdlari mavsumning so‘nggi  o‘yinida «Real Madrid» ustidan g‘alaba qozongani, murabbiyning potensialga ega ekanligidan dalolat. Hozirda Kikega bir nechta Ispaniyaning grand klublaridan qiziqish mavjud. Ayniqsa, «Seviliya» uning xizmatlariga qizib qolgan. «Mundo Deportivo» nashri aynan Kikeni «kelajak murabbiyi» deb atamoqda va Valverdening o‘rnini egallashi shart bo‘lgan shaxs deb atadi!
Uning mashhur bo‘lmagan nomi va futbolga o‘zgacha qarashi arosatda qolgan «Barselona»ni qiyin ahvoldan olib chiqib ketishi mumkin. Ko‘ramiz klub «Real Betis»ning murabbiyiga ishonch bildirarmikin yoki tajribaliroq murabbiylar xizmatidan foydalanishni avzal ko‘rarmikin.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 16:10, 29.05.2019.
O'qildi: 7557 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик