Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Transfer oynasidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer oynasidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -1

Transfer oynasi ochilishiga ham oz vaqt qolmoqda. Hozirda, futbolchilarning boshqa klub safiga o‘tishi borasidagi mish-mishlar ko‘paygandan ko‘paymoqda. Bugun e’tiboringizga ishonchli manbaalarga suyangan holda transfer oynasidagi eng so‘nggi yangliklarini taqdim etamiz.

Keylor Navasga Kasilyasning o‘rnini egallaydi

«Sport MdeiteS» nashrining xabar berishicha, «Portu» klubi Ikerning o‘rniga aynan Navasni jamoaga taklif qilish niyatida. «Real Madrid» bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan kamtarin darvozabonning mahoratiga hech kimda shubha bo‘lishi mumkin emas. Agarda Florintina Perez Kurtuani jamoaga olib kelmaganida balki Keylor «Real Madrid»da o‘z faoliyatini yakunlagan bo‘lar edi, biroq nosog‘lom raqobatdan bosh tortgan darvozabon yozda klubdan ketishini e’lon qilib ulgurdi.

Leroy Sane «qirollik klubi» e’tiborida turibdi!

Germaniyalik futbolchining agentlari «Real Madrid» klubiga «Saneni taklif qilishdi», -  deb xabar bermoqda «Frans Football» nashri. Futbolchining agenti Azarning transferidan ko‘ra Leroyning xarid qilinishi klub uchun ko‘proq manfaat keltirishi to‘g‘risida suhbatlashishgan. Hozircha «Real Madrid» bu kichik muzokaraga reaksiya bildirganicha  yo‘q. Shunday bo‘lsada, agarda futbolchining agentlari  transfer amalga oshadigan bo‘lsa, uning qiymati 160 million atrofida bo‘lishini tahmin qilishmoqda.

Lyoris «PSJ» shortlistining birinchi pog‘onasida

Darhaqiqat, «PSJ» o‘z tarkibini yozda kuchaytirib olish ustida tinmay ishlamoqda. Ularing asosiy transfer maqsadi Ugo Lyyoris bo‘lib turibdi deb habar bermoqda «A C» nashri muhbirlari. «Tottenhem» darvozaboni bir necha yillardan beri o‘ta yuqori formani ushlab turishni uddasidan chiqib kelmoqda. Lyoris so‘nggi intervyularida Britaniydagi sarguzashtlari o‘z yakuniga yetib borayotganini va so‘nggi mavsumlarini Fransiyada o‘tkazish uchun klub uni sotib yuborishidan umidvor ekanligini e’lon qilgan edi. «Tottenhem» futbolchiga bo‘lgan hurmati yuzasidan uni ushlab qolishga urunmasligi mumkin. Fransiyalik posbonning transfer qiymati 30 million atrofida bo‘lsada, klub uni qo‘lga kiritishni istaganlar uchun 50 milliondan kam haq so‘ramasligini e’lon qildi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 18:36, 31.05.2019.
O'qildi: 25446 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.