Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Inglizcha finalni o‘tkazib yubormang!

Inglizcha finalni o‘tkazib yubormang!

Baho:
+ | -

Bugungi bahsning  atrofida va ichidagi statistik faktlar va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Tarkiblar «Tottenhem» (tahminiy)
Loris, Tripper, Aldervereld, Vertonger, Rouz, Vanyama, Sissoko, Eriksen, Alli, Son Xyun Min

Savol ostida turganlar: Hariy Keyn

Tarkiblar «Liverpul» (tahminiy)

Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertoson, Fabino, Henderson, Veynaldum, Salah, Firmino, Mane

Savol ostida turganlar: Nabi Keyta

Final oldidan matbuot anjumida

Pochetino (Tottenxem)

- Eng asosiysi, erkin to‘p surishimiz shart. Huddi 7 yoki 8 yoshimizda ko‘chalarda to‘p surgandek erkin o‘ynashimiz zarur. Bizga milliadlab insonlar qarab turganini bir lahzaga unutishimiz va g‘alaba qozonishimiz darkor! Biz futbol tarixiga kirmoqchimiz va bu uchun nimlar qilish zarurligini juda yaxshi bilamiz. Shu o‘rinda uni qattiq hurmat qilishimni aytib o‘tmoqchi edim. Sababi bu uning 3-finali va men uning oldida shlyapamni yechaman!

Yurgen Klopp (Liverpul)

- Agarda men boy bergan finallarni olib qaralsa, ularda jamoalar ham vaziyat ham o‘zgacha edi. Men so‘nggi 6 ta finalni boy berganimni xotirlashim bilan biroz hayojonga tushaman. So‘nggi 7 yil davomida yarim finallarga chiqish borasida rekord o‘rnatgan bo‘lsam kerak. Afsuski, bu borada kitob yozsamda uni hech kim harid qilmaydi. Sababi, chempionlik juda muhim va u mehnatning ta’mini totish imkonini beradi. Shunday ekan, biz finalda g‘alaba qozonishimiz shart!

Statistika nima deydi?

«Liverpul»  bugun chempionlikni qo‘lga kiritsa, bu klub uchun 6-chempionlik bo‘ladi va ular bu borada 3-o‘ringa ko‘tarilib olishadi. Ulardan oldinda «Milan» (7 ta chempionlik) va «Real Madrid» (13 ta chempionlik) klublari mavjud.

 Jamoalar shu kunga qadar 170 ta uchrashuvda kuch sinashgan bo‘lib, «Liverpul» ushbu uchrashuvlarning 79 tasida g‘alaba qozongan. «Tottenhem» hisobida 48 ta g‘alaba mavjud va 43 ta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.

Agarda Mane finalda gol kiritishni uddalasa, ikkita finalda gol kiritgan 8- futbolchiga aylanadi.

«Tottenhem» YECHL finalida to‘p surish nasib qilgan 40 klub bo‘lib ularda eng nufuzli tunirning 23-g‘olibi bo‘lish imkoni mavjud.

Finaldagi asosiy qarama-qarshiliklar

Son Hyon Min – Trend Aleksander Arnold

Bejizga bu qarama-qarshilikka to‘xtalib o‘tmadik. Bu mavsumda Son Hyun Min «Tottenhem»ning yaqqol yetakchisi ekanligi ko‘rinib qoldi. U bu mavsumda hozircha 20 ta gol kiritdi va ko‘plab hujumlarni boshlab bergani bilan ko‘pchilikda ilq ta’surot uyg‘otdi. Uni qanotida to‘p suruvchi burchak to‘pning otasi laqabi bilan mashxur bo‘lib ketgan Trend himoyadan ko‘ra hujumdagi ishlari bilan muxlislar e’tiborini qozonganini alohida qayt etgan bo‘lar edim. Uning hisobida bu mavsumda 12 ta golli uzatma mavjud. Bu yil mart oyida bo‘lgan to‘qnashuvda «Liverpul» : «Tottenhem»ni 2 : 1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan va o‘sha uchrashuvda Trend to‘liq himoyada to‘p surgan edi. Ko‘ramiz, Klopp Songa qarshi Trenddan qanday foydalanar ekan?!

Henderson – Musa Sissoko

Bu futbolchilar to‘qnashuvi katta ehtimiol bilan markazda kim hukumronlik qilishini hal qiladi desak, adashamagan bo‘lamiz. Hozirda ikkala futbolchining jismoniy va ruhiy xolati bir hil. Ular maydon markazida to‘p uchun kurashda, va jamoaning yangi hujumlarini boshlashda faol bo‘lishlari talab etiladi. Final uchrashuvida bi ikkisidan qay biri kuchliroq o‘yin namoyish etsa, ana o‘sha futbolchining klubida markazni egallash uchun imkoniyat ko‘payadi. Strategig qarama-qarshilik!

Trippe – Mane

Deni Rouzning sovuqqonligi va tajribasi tufayli «Liverpul» asosiy hujumlarini Trippening qanotidan uyushtirishi kutilmoqda. Bu vazifani Mane o‘z bo‘yniga olisa, ajab emas. Sababi, bu uning qanoti. «Man Siti»ga qarshi kechgan uchrashuvda Trippe Sterlingga qarshi qanotda hech narsa qila olmadi va ochqichasiga pozisiyasini boy berdi. Trippe o‘zi singari chaqqon va tezkor futbolchilarga qarshi personal futbol ko‘rsata olmaydi. Finalda esa, uning raqibi APLdagi eng tezkor futbolchilardan biri, Sadio Mane ekanligini hisobga olsak, bu qarama-qarshilik ham ko‘p narsani hal qilishi mumkin!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:32, 01.06.2019.
O'qildi: 4593 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.