Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 19:00 Nasaf 2-0 OKMK
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Hamma yo‘llar Madridga olib boradi!»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Hamma yo‘llar Madridga olib boradi!»

Baho:
+2 | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Quyosh so‘ngach yulduzlar paydo bo‘ladi odatda: "Real" uch yil qatorasiga YECHL kubogini qo‘lga kiritib turnirni o‘ta qiziqarsiz qilib yuborgan ekan, bu yili sezildi -- oldingi yillardan farqli ravishda o‘yini yorqin jamoalar ko‘proq bo‘ldi -- "Ayaks", "Tottenhem", "ManSiti", "Liverpul"...

Har biri turnir g‘olibi bo‘lishga arzirdi, gap yo‘q. Ammo bu taxt bittasiga nasib etardi-da. Quyoshdan keyingi yulduzlar ichidagi eng porlog‘i shu baxtga loyiq topilardi. Tan olaylik, bu masalada Klopp jamoasi boshqalarga qaraganda yorqinroq ko‘rindi.

Pep Gvardiola davraviy tizimda benazir o‘ynaydigan, biroq kubok o‘yinlariga kelganda irodali futbolni unutadigan jamoalarni tuxum qo‘ygandek yo‘lida tashlab ketmoqda: "Barselona", "Bavariya", endi "Siti". Yurgen Klopp ispaniyalik mutaxassis uchun "yangi Maur" vazifasini o‘tab beryapti: kubok bahslarida finalga oson boradi, davraviy tizimda 97 ochko olib-da birinchi bo‘lolmaydi. "Bir kam dunyo" degan maqol aynan shu ikki murabbiyga mos tushsa, ajab emas.

Bu ikki daho o‘rtasida Pochettino siymosi ham borki, uni bugun esdan chiqarishimiz insofdan bo‘lmaydi. Argentinalik murabbiy "Tottenhem" uchun tarix yozdi. Oppoq qog‘ozning ilk sahifasini qoralab berdi. London jamoasi yana finalga chiqadimi, yo‘qmi, buni bilmaymiz, ammo Pochettino o‘z faoliyatini yuqoriroq maskanlarda davom ettirishi kerak. O‘shanda u aslida Klopp va Pepdan ustunligini-da isbotlashi mumkin. Kutamiz va nimagadir ishonamiz shunga.

Maqola avvalidagi gap: bugungi futbol quyoshi Madriddan chiqib, Madridda botadi.
Futbol vatani vakillari, endi yo‘qolib ketmassizlar?!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:07, 02.06.2019.
O'qildi: 6971 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.