Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

«Humo arena»da xokkey bo‘yicha xalqaro musobaqa start oldi

«Humo arena»da xokkey bo‘yicha xalqaro musobaqa start oldi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizda qad rostlagan “Humo arena” sport kompleksida xokkey bo‘yicha xalqaro musobaqa boshlandi. 2008 yilgacha tug‘ilgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Latviyadan jami 5 jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Bugun mazkur turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston xokkey federasiyasi rahbariyati so‘zga chiqib, musobaqaning yurtimizda xokkeyni rivojlantirishdagi ahamiyati va uning yuqori saviyada tashkillashtirilganiga alohida urg‘u berib o‘tishdi.

 

Reglamentga ko‘ra, musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Tashkent siti” va “Binokor” jamoalari bugun 2 tadan bahs olib borishdi. Kun yakuni bo‘yicha “Binokor” har ikkala uchrashuvda g‘alaba qozonib, yetakchilikni qo‘lga oldi. Batafsil:

“Tashkent siti” – “Alg‘a” (Qirg‘iziston) 1:2
“Qaysar” (Qozog‘iston) – “Binokor” 1:12
“Tashkent siti” – “Binokor” 1:4

Bugun “Qaysar” va “Alg‘a” jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan Latviyaning “Riga” jamoasi hisobida ham 2 ta g‘alaba mavjud. Ertaga ikki yetakchi “Binokor” hamda “Riga” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv kunning markaziy uchrashuvi bo‘lishi shubhasiz.

Manba: Olympic
Kiritildi: 19:00, 02.06.2019.
O'qildi: 3340 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.