Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

«Mug‘ombir» uchun 120 «limon»

«Mug‘ombir» uchun 120 «limon»

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe va Jeydon Sancho o‘zgacha o‘yin ko‘rsatishmoqda. Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning faoliyatlari esa biroz boshqacharoq boshlangandi. Albatta, iqtidorli futbolchi o‘zligini yo‘qotmay, boshqalardan ko‘chirma olmay o‘sishga erishsa, bundan barcha mamnun bo‘ladi. Bugungi hikoyamiz qahramoni ham xuddi shunday o‘zgacha salohiyat sohiblaridan biri - Joau Felish.

Kuchli jihatlari

O‘ziga ishonchi yuqori. 19 yoshida kerak bo‘lsa, xotirjam tarzda penalti tepgani borib, undan foydalanadi. Fikrlari tiniq - ayyorona qarorlar chiqaradi, harakatlari yengil. Samarali uzatmalari ko‘pligi tezkor o‘ylashidan darak. Havodagi kurashlarda faol. Endigina 19 yoshga to‘lganiga qaramay, jismonan baquvvat. Bo‘yi 180 santimetr, ammo Zidan singari yana 4-5 sm.ga o‘sishi mumkin.

Joau Felishda gol sezish qobiliyati bor, hujumlar payti ziqnalik qilmaydi - zarur paytda sherigiga to‘pni oshiradi. Zarba yo‘llaydigan pozisiyani to‘g‘ri tanlaydi (15ta gol shuning mahsuli). Ikki qanotda, hujumchi ortida to‘p surib, o‘yinni nazorat qiladi. Zarbalari o‘ta kuchli bo‘lmasada, o‘ta aniq. Texnikasi oddiy, ortiqcha fintlar yo‘q, shunga qaramay Joau to‘p uchun kurashga dadil kirishadi.

Kuchsiz jihatlari

Dastlabki minus - agenti Jorje Mendesh ekani. Bolaligidan «Benfika»ga muxlislik qilgan Joau 7 yoshida «Portu» maktabida tahsil olib, bo‘yi va jismoniy holatidagi boshqa kamchiliklar uchun haydalgandi. Endi esa «ajdarlar» «burgutlar»ga tegadigan 100 mln. yevrodan quruq qolishadi, chog‘i.

Felish kerak bo‘lsa, vazn to‘playdi. Ammo eng muhimi - paslar aniqligi. Raqib himoyachilarini ortidan ergashtiradigan har qanday futbolchi xatolardan xoli bo‘lmaydi. Darvoza tomon yo‘llanadigan zarbalar borasida muammo yo‘q - bir o‘yin mobaynida o‘rtacha 2,3-2,4ta zarba markaziy forvard bo‘lmaganlar uchun yaxshi ko‘rsatkich. Pressinglarda ham qatnashadi, lekin hozircha yakkama-yakka kurash chog‘ida mo‘’jiza ko‘rsatganicha yo‘q - raqibni muvaffaqiyatli aldab o‘tishdan ko‘ra, yiqilishni ko‘proq ma’qul ko‘radi. Umuman, uning asosiy kuchi - yakkakurashlarga kam kirishib, ko‘proq gol urish. Hozircha buni uddalayapti, «Ayntraxt» buni tasdiqlashi mumkin, zero Joau Yevropa Ligasi «pley-off» bahsida «xet-trik» va golli pas rasmiylashtirdi.

BoshQalar bilan

solishtirmang

Navqiron Messi va Ronaldu 19-20 yoshda vinger bo‘lishgan, Felish esa to‘p qayerda bo‘lsa o‘sha yerga «burun suqadi». Kerak paytda «Benfika» o‘yiniga yo‘nalish topishni ham qoyillatadi. Xo‘sh, kattalar ishini qanday uddalamoqda? «Botqoq»da ko‘p o‘ynagan. Joau Segunda klubidagi eng yosh debyutant - ikkinchi tarkibda to‘p surganida 16 yoshda edi.

Kattalar futbolida endi ko‘rinish bermoqda, ammo yetakchilik sifatlarini o‘smirlar futbolidan ko‘chirgan. Uslubi bilan ham boshqa hamkasblaridan farqlanadi. Mbappe tezkorlikka urg‘u beradi - xuddi braziliyalik Ronaldo singari, zero Kilian baquvvat yigit. Sancho esa - yashin odam. Angliyalik futbolchining shu yoshda 13ta samarali uzatma muallifiga aylanganini inobatga olsak, unda o‘yinni o‘qiy olish xususiyati borligi oydinlashadi.

Agar 20 va undan kichik yoshdagi yigitlar orasidan kuchli besh nafarini tanlashga to‘g‘ri kelsa, Mbappe va Sanchodan tashqari yana ikki kishini e’tirof etish mumkin: qanot himoyachilari - Aleksander-Arnold va Hakimi. Moyze Kin asosan jismoniy holatiga e’tibor qaratadi, uning o‘yin daqiqalari ko‘p emasligi esa xulosa chiqarish ertaligini anglatadi. Alohida o‘ringa «Bayer» a’zosi Xavertsni qo‘yish mumkin. U 19 yoshida Bundesligada 12ta gol va 3ta assist muallifi bo‘ldi. Biroq Germaniya termasi futbolchisi hozircha chaqqonlik bobida Felishga yutqazmoqda.

Mashhur pleymeykerlar vorisi

Joau Felish kimlarning izidan borayotgani shundoqqina ko‘rinib turibdi - Kaka va Ruy Koshta. Uni «Milan»ning sobiq futbolchilari bilan solishtiramiz. Rikardodan farqli ravishda Joau bosh bilan yaxshi o‘ynaydi - nimjon ko‘rinishga ega yigitga xos bo‘lmagan jihat. Ruy bilan taqqoslaganda, Felish klassik pleymeykerlar singari bir joyda turib ishlashni yoqtirmaydi.

Portugaliyalik iqtidor sohibining pozisiyasini aniqlash hozircha mushkul. Ko‘pincha uning hujumchi ekanini ta’kidlashmoqda, aslida esa bunday emas. Mbappe singari markaziy forvard emas. Gollari soniga qarab ehtimol hujumchi ekani haqida gapirilayotgandir. Biroq Koshta va Kakaning fokuslarini o‘zlashtirgan holda, individuallik sari intiladi, Joauning uslubini tasvirlash qiyin. Yaxshisi, uning o‘yinini bir bor ko‘rgan ma’qul.

Joau Ronaldu, Nani, Kuarejma yoki Andre Silvadan farqli o‘yin ko‘rsatadi. Zayniddin Zidan «Real» tarkibini kuchaytirishda uning xizmatlariga tayanishi mumkin. Felish - o‘ta makkorona o‘yin ko‘rsatadi, maydonda hamma narsani yaqqol ko‘radi, soniyalar ichida qaror chiqaradi, bu borada yoshlik chog‘larida qoyilmaqom harakatlari bilan ajralib turgan Kakadan ham qat’iyatliroq.

Joau «Benfika»da qoladimi yoki 100-120 mln. yevro evaziga boshqa klubga o‘tadimi, buyuk futbolchiga aylanishi ehtimoli yuqori. Bunday holat Mbappe bilan kuzatilgan - muhimi, qobiliyatingga to‘g‘ri baho beradigan, o‘z navbatida, nazoratga oladigan joyga borsin. Zero, o‘sha braziliyalik Ronaldoning faoliyatiga nafaqat tizzasidagi jarohatlari, balki tungi maishatbozliklar ham xalal bergandi. Felish hozircha maydondan tashqarida mojaroli ishlarga aralashganicha yo‘q, buning o‘rniga Yevropa Ligasidagi eng yosh «xet-trik» muallifiga aylanishni ma’qul ko‘rdi.

Felish Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash orzusi borligini yashirmadi - bu yerda termadan ko‘ra, ko‘proq klubni nazarda tutayotganini sezish qiyin emas. Shuningdek, qahramonimiz La Ligani APLdan ustun qo‘yishini ta’kidladi. Vaholanki, «Benfika»ning asosiy jamoasida debyutini nishonlashidan avval «Vest Xem» tarkibiga qo‘shilishiga bir bahya qolgandi. Tumanli o‘lkaga bormay to‘g‘ri qildi, chunki Felish o‘yin uslubi bilan ko‘proq janubiy ligalar futbolchisiga o‘xshaydi. Umuman, muzokaralar boshlab yuborilgan, Ronalduning ham «burgutlar» o‘yinini ko‘rish uchun Lissabonga tashrif buyurgani bejiz emas.

Madrid, Barselona

yoki Turin

Krishtianu tez orada o‘ziga yangi kasb tanlaydi, hozircha esa «Yuventus» agenti sifatida yarim «stavka» ishlashi mumkin. Dibalaning taqdiri so‘roq ostida, Bernardeski yaxshi formada, lekin Felish singari yosh va yorqin emas. Kanseluni esa portugaliyalik duet (Ronaldu-Mendesh) muvaffaqiyatli tarzda Anyelli oilasiga taklif etishdi. Shunday ekan, Joauni diqqat bilan kuzatamiz.

Faqat bir jamoaga omad kulib boqadi! Jamoasiga yevrokuboklar va chempionatda yordam berayotgan yosh futbolchida yashirin iqtidor borligi, uning uchun ko‘p pul sarflash mumkinligini hamma grandlar ham tushunib yetishganicha yo‘q. O‘z vaqtida Peres bundan voz kechib, hozir afsuslanmoqda. Zamonaviy transfer olamida qoidalar o‘zgargan. Hozirgi tartibga ko‘ra, kim ayni payt yangi Mbappe, Saloh, De Bryuyne yoki Van Deyk chiqishiga ishonsa, uch yildan so‘ng o‘shaning oshig‘i olchi.

Joauga ham kimdir aniq ishonadi, garchi «Benfika» tovon puli uchun 100 million yevrodan kam so‘ramayotgan bo‘lsada. Portugaliyalik iqtidor sohibining o‘zgachaligi uni navqironlik davrida porlagan Messi va Ronaldudan farqlab turadi - Felish maydonda ancha qat’iyatliroq. Bo‘lajak afsonalar «Barselona» va «MYU»ning yirik armiyasida tarbiya topishgan, Joaudan esa hali top-5dagi chempion jamoani topish talab etiladi.

Tanlovga ko‘p narsa bog‘liq, chunki odatda, Mendeshning agent sifatida mijozlari manfaatlarini bir chetga surib qo‘yganiga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Uni transfer summasi ko‘proq qiziqtiradi. Mablag‘ masalasida «Benfika»ning yutqazmasligi aniq. Yangi klub esa yuqori salohiyat sohibiga ega bo‘ladi. Felishda Platini, Ziko, Kaka, Ruy Koshta, Francheskoli yoki Zidanga xos bo‘lgan xususiyatlar mujassam. Jarima maydonchasida boshi yordamida aqlli o‘yin ko‘rsatishi bilan Inzagini eslatadi.

Shuningdek, afsonalar ishtirokidagi ko‘plab videolarni tomosha qilishi sezilmoqda - Totti, Raul singari yulduzlarga xos fokuslarni ijro etganini ko‘p ko‘rdik. Joau Felish aynan shu mavsumning asosiy kashfiyotiga aylandi. Avvalgi yillarda Portugaliya chempionatida birorta ham o‘yin o‘tkazmagandi, 19 yoshida esa Yevropa Ligasi, Portugaliya kubogi hamda Primeyrada 14ta gol, 5ta assist muallifiga aylandi. Futbol arenasiga dadil kirib keldi va endi ko‘pchilikni xursand qilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, 2019 yili «Benfika» bosh murabbiyni almashtirgach, uning o‘yini yanada yorqinroq ko‘rinish kasb etdi.

Vitoriya Joaudan asosan «joker» sifatida foydalangan bo‘lsa, 42 yoshli Brunu Laje 19 yoshli shogirdini asosiy tarkibga kiritib, adashmadi. Felish o‘z hisobidagi 15ta goldan 12tasini, 5ta assistdan 4tasini aynan 2019 yilda amalga oshirdi. Hozirgi yoshi uchun maqtovga loyiq natija. Yangi yulduz porlash arafasida, muhimi, uni «yangi Ronaldu» demaslik kerak - chunki uslub jihatidan mutlaqo o‘zgacha futbolchi, Krishtianudan ancha farqlanadi.

MA’LUMOT UCHUN: To‘liq ismi: Joau Sekeyra Felish

Klubi (fuqaroligi): «Benfika» (Portugaliya)

Pozisiyasi: ikkinchi forvard, hujumkor xavbek

Yoshi: 19 (10.11.1999)

Bo‘yi (vazni):180 sm. (64 kg.)

Narxi: 120 mln. yevro (tovon puli)

Shartnomasi: 2023 yilgacha

Manba: IFF
Kiritildi: 10:12, 03.06.2019.
O'qildi: 3921 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.