Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Ektor Kuper: «Turkiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar rasmiy uchrashuvlardan oldin biz uchun foydali»

Ektor Kuper: «Turkiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar rasmiy uchrashuvlardan oldin biz uchun foydali»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Turkiya - O‘zbekiston uchrashuvidan keyin milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz har bir o‘yindan keyin o‘zimiz uchun tegishli xulosalar chiqarib boramiz. Turkiya terma jamoasi bilan o‘yindan keyin ham o‘z xulosalarimga ega bo‘ldim. Turkiya saviya jihatdan bizdan ustun terma jamoa. Shuningdek, ular FIFA reytingida ham bizdan ancha yuqorida turishadi. Aynan mana shunday kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yinlarda xatolarimiz ko‘rinadi. Qaysi jihatlar ustida ko‘proq ishlashimiz kerakligini o‘zimiz uchun aniqlab olamiz. Fursatdan foydalanib, biz uchun Urugvay, Turkiya kabi kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilib berayotgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Biz o‘z darajamizdagi terma jamoalar bilan o‘ynab, g‘alaba qozonib yursak, "bizda hammasi joyida ekan" degan noto‘g‘ri xulosaga borib qolishimiz mumkin. Shu sababli o‘zimizdan saviya jihatdan yuqori bo‘lgan jamoalar bilan o‘ynashga, ularning fonida o‘z kuchimizni sinovdan o‘tkazib olishga harakat qilmoqdamiz.

Turkiyaga qarshi o‘yinda bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik. Bir yo‘la uch nafar futbolchi milliy terma jamoada debyut o‘yinini o‘tkazdi. Bular Oston Urunov, Quvondiq Ro‘ziyev va Doston Ibragimov. Ular Turkiya kabi kuchli raqibga qarshi o‘yinda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Biz turli pozisiyalarga bir qator kuchli futbolchilarni tayyorlab bormoqdamiz. Raqobat bor joyda, o‘sish bo‘ladi. Xabaringiz bor, tarkibimizdagi ba’zi futbolchilar jarohat olishgan. Yangi keladigan futbolchilar ularga raqobat hosil qilishi zarur. 

O‘yinimizdagi kamchiliklar haqida gapiradigan bo‘lsa, biz standart vaziyatlarda yaxshi o‘yin namoyish qila olmayapmiz. Turkiyaga qarshi o‘yinda ham har ikkala gol standart vaziyatdan keyin kiritildi. Bu borada ko‘p ish olib borishimiz kerak. Bundan tashqari, raqib kuchli pressing qilgan paytda biz qiynalib qolyapmiz. Turkiya jarima maydonchamiz atrofidan pressingni boshladi. Bu vaziyatda biz to‘pni nazorat qilishga qiynaldik. Mana shu jihat ustida ham ishlashimiz zarur.

Oldimizda yana ikkita o‘rtoqlik o‘yini bor. Mazkur o‘yinlardan keyin yakuniy xulosaga kelamiz. Sentyabr oyida biz uchun rasmiy o‘yinlar boshlanadi. Jahon chempionati saralashida ishtirokni boshlaymiz. O‘shay paytga qadar terma jamoaning optimal tarkibini shakllantiramiz. 

Saralash davomida kuchli terma jamoalarga qarshi maydonga tushishimizga to‘g‘ri keladi. O‘sha o‘yinlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun ham Turkiya kabi raqiblar bilan o‘yinlar juda foydali. O‘zimizdan kuchsiz raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, rasmiy o‘yinlarga yaxshi tayyorlana olmasligimiz mumkin. Bu o‘yinlardagi natijalar, g‘alabalar chalg‘itib qo‘yadi. O‘rtoqlik o‘yinlardagi kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlar ko‘p jihatdan foydali.  O‘yinning natijasidan ko‘ra, o‘ylab qo‘yilgan rejalar qay darajada amalga oshayotgani muhim. Biz Turkiyaga qarshi yomon o‘ynamadik. Kuchli jamoalarga qarshi faqat jamoaviy o‘yin va ko‘proq harakatlanish evaziga ijobiy natijaga erishish mumkin. Mashg‘ulotlar davomida aynan mana shu jihatlarimizni kuchaytirishga urg‘u beryapmiz", - dedi Ektor Kuper. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:25, 03.06.2019.
O'qildi: 6331 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.