Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Juda og‘ir qaror» – Azar «Chelsi»dan ketishi haqida Facebook’da g‘amgin xat yozdi

«Juda og‘ir qaror» – Azar «Chelsi»dan ketishi haqida Facebook’da g‘amgin xat yozdi

Baho:
+ | -

Chelsi”dan “Real”ga o‘tgan belgiyalik futbolchi Eden Azar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida so‘nggi va ilk taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Real” 28 yoshli xavbek bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. Azarning taqdimot marosimi 13 iyun kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. Eden yangi jamoasida 7-raqamli libosda o‘ynaydi.

Avvalroq, “Chelsi” Azar transferini “Real”ga 130 mln funtga sotishi taxmin qilinayotgan edi.  “Chelsi”dan “Real”ga o‘tgan belgiyalik futbolchi Eden Azar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida so‘nggi va ilk taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men “Real”ga o‘tganim haqida endi aniq bildingiz. Sir emas, men bu klubda bolaligimdan o‘ynashni orzu qilganman.

So‘nggi 6 oydagi mish-mishlar va bosimlarga yengilmaslik uchun bor kuchim bilan harakat qildim. Bu kunlardan o‘tish men uchun qiyin bo‘ldi. Endi klublar o‘zaro kelishib olishdi. Umid qilaman, muxlislar meni orzuimga erishishdagi tanlagan yo‘lim haqida yomon fikrda emaslar.

“Chelsi”dan ketish faoliyatimdagi eng yomon va eng qiyin qaror bo‘ldi desam adashmagan bo‘laman. Rasman aytmoqchiman hozir “Chelsi”da o‘tkazgan vaqtlarimdan rohat olganman va hech qachon boshqa klubga o‘tish haqida o‘ylamaganman.

Men “Chelsi”ga 21 yoshda keldim va Londonda ham yigit ham futbolchi sifatida o‘sishga erishdim. Sizlar meni Belgiya sardori bo‘lishimda yordam berdinglar. Albatta, qiyin vaqtlar bo‘ldi: klub va umuman men uchun. Chunki bu – futbol.  Men uchun futbol bu to‘pning oyoqlarimga bo‘ysunishi va undan rohat olish demakdir.

Murabbiylar o‘rgatishgan shunchaki futbol o‘yna va rohatlan. Hatto yomon o‘ynagan kunlarimizda ham bor kuchim sizlarning ishonchingizni oqlashga harakat qilganman. Jangovarlik ruhi, asablar va yengilmaslik uchun kurashishning barchasini “Chelsi”da o‘rgandim. “Chelsi” libosida mag‘lubiyatdan ko‘ra ko‘proq g‘alabali onlarni eslayman.

Ko‘p marta omadim kelgan. Yutgan sovrinlarimizni aniq hisoblay olmayman. Shunchaki aytishim mumkin har bir sovrin va shaxsiy sovrin bu ajoyib vaqtda sodir bo‘ldi.

Ba’zan stol atrofida qadax ko‘tarib, “Pelas”ga qarshi o‘yinda amalga oshira olmagan penaltini eslab kulib qo‘yaman yoki “Tottenxem”, “Arsenal”, “Liverpul”ga urgan gollarimni esga olaman. “Chelsi”da kuchli futbolchilar jamlangan edi. Biz Angliya kubogi, Liga kubogi, Yevropa ligasi kuboni va APLning bosh sovrinlarini bir oila bo‘lib qo‘lga kiritdik.

Ularning bari o‘zgachaligi bilan yodda saqlanadi va albatta ikki hafta oldin Bokudagi so‘nggi o‘yinim jahon chempionatidan keyingi og‘ir mavsumni yakunlab berdi. Bu men uchun muhim har doim muhim bo‘lib qoladi.

Ketishdan oldin “Chelsi” futbol klubiga eng katta minnatdorlikni bildiraman. Men shuningdek, mister Abramovich va uning mening birdaniga ikki orzuim: “Chelsi” va bugungi kunda “Real” futbolchiga aylanganimni qo‘llab quvvatlagani uchun rahmat aytaman”, deya yozdi Azar.

Eslatib o‘tamiz, Azar “Chelsi”da 7 mavsum o‘ynadi. Ushbu vaqt davomida u ikki marta Angliya chempioni, mamlakat kubogi va Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Eden Azar “Chelsi” futbolchisi sifatida ikki marta Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.

Manba: www.worldnews.uz
Kiritildi: 10:05, 08.06.2019.
O'qildi: 8052 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.