Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Isroil Madrimov ertaga ringga ko‘tariladi

Isroil Madrimov ertaga ringga ko‘tariladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov bugun o‘zining uchinchi jangida ringga ko‘tariladi.

Ushbu jangda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qiladi. Jang 8 iyun kuni Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida bo‘lib o‘tadi.

Gonsales shu paytgacha 35 marta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (13 nokaut) va 12 bor mag‘lubiyatga uchragan. Isroil Madrimov esa prof ringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Boks  afsonasi Gennadiy Golovkin ushbu boks oqshomining markaziy jangida ringga chiqadi. Madrimovning jangi taxminan 9 iyun tongi taxminan soat 05.30 larda boshlanadi. Xatto ertaroq boshlanish ehtimoli ham yo‘q emas.

Isroil Madrimovning jangga qanday tayyorgarlik ko‘rgani tasvirlangan videosini bu yerda ko‘rish mumkin.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 12:59, 08.06.2019.
O'qildi: 6120 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик